Byorns Aleksandr (18051841, Kobul)—OstIndiya kompaniyasining siyosiy vakili. Britaniya hukumati va Hindiston generalgubernatorining maxsus topshirigʻi bilan u Hindistondan Afgʻoniston, Oʻrta Osiyo va Eronga yuboriladi (1831—33). B.ning „sayohatidan“ asosiy maqsad Afgʻoniston, ayniqsa Turkistonni Angliyaning iqgisodiy va siyosiy taʼsiriga tortish, Hindiston shim.da joylashgan mamlakatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplash hamda Kobul va Buxoro hukmron doiralari bilan savdo va diplomatik aloqalar bogʻlash edi. B. Buxoroda boʻlgan vaqtida Turkiston xonliklari haqida, chet davlatlardan Turkistonga keltiriladigan va bu yerdan chetga chiqariladigan mollar, savdo markazlari va karvon yullari tugʻrisida maʼlumotlar toʻplaydi.

B. Turkistondan rus savdosini siqib chiqarish va Turkiston savdogarlarini Nijniy Novgorod yarmarkasidan Hindiston savdosiga jalb etish uchun Hind daryosining urta oqimida Daragʻozixon degan joyda savdo yarmarkasi ochishni tavsiya qiladi. Kobulda koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni davrida oʻldirilgan. B. Afgʻoniston va Buxoroga qilgan sayohati toʻgʻrisida ikkita asar („Buxoroga sayohat“ va „Kobul“) yozib qoldirgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil