Aleksandr Pop (ing: Alexander Pope) (1688-yil 21-may – 1744-yil 30-may) – XVII asr boshlarida yashab, ijod qilgan ingliz shoiri, tarjimoni va satiristi. Adib oʻzining satirik, diskursiv sheʼriyati hamda Gomerning tarjimalari bilan mashhur. Bunga misol sifatida „The Rape of the Lock“, „The Dunciad“ va „An Essay on Criticism“ kabi asarlarni keltirish mumkin.

Aleksandr Pop
Tavalludi 21-may 1688-yil
London, Angliya
Vafoti 30-may 1744-yil
Ijod qilgan tillari Ingliz tili[1], Lotin tili va Yunon tili
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Janr Nazm, satira, tarjima
Imzosi

Hayoti va ijodi

tahrir

Aleksandr Pop 1688-yilning 21-may sanasida Londonda tugʻilgan[2]. Uning otasi Londonning Strand shahrida zigʻir savdosi bilan shugʻullanuvchi savdogar boʻlgan. Onasi Edith(née Turner, 1643–1733) William Turnerning qizi boʻlgan. Uning ota-onasi xristianlar boʻlishgan. Pop taʼlmining katta qismini qonunga oid imtixonlarda qatnashish orqali olgan. Xolasi unga savodxonlikni oʻrgatgan. 1698-yilda Twyford maktabida taʼlim olgan. Shuning bilan birga, Londondagi ikkita Rim-katolik maktabida ham tahsil olgan. Bunday maktablar oʻsha paytda noqonuniy boʻlgan boʻlsa-da, baʼzi hududlarda bunday maktablarga ruxsat berilgan edi[3]. 1700-yilda oilasi Berkshirdagi Binfield qishlogʻiga koʻchib oʻtishadi. Bu oʻsha davrdagi kuchli anti-katolik ruhiyat hamda „Papistlar“ni London yoki Westminsterda 10 mil (16 km) ichida yashashiga toʻsqinlik qiluvchi qonun bilan bogʻliq edi. Keyinchalik shoir oʻzining yashayotgan qishlogʻini tabiatini tasvirlab „Windsor Forest“ sheʼrini yozadi. Keyinchalik, bu faoliyatini toʻxtatib, satira yoʻnalishi boʻyicha ijodini boshladi. Yana koʻplab tillar oʻrganadi. Bu orqali Fransiya, Italiya, Lotin shoirlari ishlarini oʻrganadi. U 5 yil izlanib, William Congreve, Samuel Garth va William Trumbull kabi shoirlar bilan tanishib, ular bilan doimo aloqada boʻlib turardi. 1711-yil yozgan 'An Essay on Criticism' satirasi shoirga katta mashhurlik olib kelgan. Shu yili Pope Jonathan Swift, Thomas Parnell and John Arbuthnot kabi yozuvchilar bilan doʻst boʻlib, ''Martin yozuvchilar uyushmasi'' (Scriblerus Club)da birga ishlashadi. Popening Joseph Addison bilan doʻstona munosabatda boʻlgan va Addisonning „Cato“, „The Guardian“, „The Spectator“ kabi pyessalarni yozishga oʻz hissasini qoʻshgan. shu vaqt mobaynida, Pop tarjimonlik faoliyatini ham boshlab yuborgan. Birinchi tarjimonlik ishini „Illiada“ asari boʻlgan[4].

Asarlari

tahrir
  • 1709: „Pastorals“
  • 1711: „An Essay on Criticism“
  • 1712: „Messiah“ (Samuel Johnson tomonidan keyinchalik Lotin tiliga tarjima qilingan)
  • 1712: „The Rape of the Lock“
  • 1713: Windsor Forest"
  • 1715: „The Temple of Fame: A Vision“
  • 1717: „Eloisa to Abelard“
  • 1717: „Three Hours After Marriage,“ boshqalar bilan
  • 1717: „Elegy to the Memory of an Unfortunate Lady“
  • 1728: „Peri Bathous, Or the Art of Sinking in Poetry“
  • 1728: „The Dunciad“
  • 1731–1735: „Moral Essays“
  • 1733–1734: „Essay on Man“

Tarjimalari

tahrir
  • 1715–1720: „Illiada“
  • 1723–1725: „The Works of Shakespear, in Six Volumes“
  • 1725–1726: „Odisseya“

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. „Alexander Pope“ (2021-yil 29-aprel). 2021-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentyabr 2023.
  3. Erskine-Hill, Howard (2004). Pope, Alexander (1688–1744)", Oxford Dictionary of National Biography. Oxford University Press.. DOI:doi|10.1093/ref:odnb/22526. 
  4. Alexander Pope", Literature Online biography (Chadwyck-Healey: Cambridge, 2000). (subscription required).