Alfred Schmidt
Alfred Schmidt (talaffuzi: Alfred Shmidt, 1936-yilda oʻz ismini Ain Sillakga[1] oʻzgartirgan; 1-may 1898-yil, Riisipere, Harju – 5-noyabr 1972-yil, Tallin) – estoniyalik ogʻir atletikachi, Antverpendagi Olimpiya oʻyinlari sovrindori (1920).
Alfred Schmidt | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi Estoniya SSSR |
Tavallud sanasi |
1-may 1898-yil Riisipere, Harju |
Vafot sanasi |
5-noyabr 1972-yil (74 yoshda) Tallin, Estoniya SSR, SSSR |
Sport | |
Mamlakat | Estoniya |
Qaysi sport | ogʻir atletika |
Biografiyasi
tahrirAlfred 1898-yil 1-mayda Rossiya imperiyasining Hageri posyolkasi yaqinidagi Maidla qishlogʻida tugʻilgan. Tallindagi maktabda tahsil olgan[2].
Faoliyati
tahrir1913-yildan yengil atletika bilan shugʻullangan. 1916 va 1917-yillarda Artur Kukk tomonidan uyushtirilgan musobaqalarda qatnashdi[2], ammo kuchli natija koʻrsata olmaydi va Kukk Alfredga oʻz kuchini boshqa sport turlarida ham sinab koʻrishni taklif qiladi[1]. 1919-yildan boshlab ogʻir atletika bilan shugʻullanadi. Uning ustozi sportchi Alfred Neuland boʻlgan. Mashhur estoniyalik ogʻir atletikachi bilan birga Alfred 1920-yilgacha Tondadagi harbiy sport lagerida mashq qiladi[2]. 1920-yilda Antverpendagi Olimpiya oʻyinlarida Estoniya nomidan qatnashib, triatlonda (55 kg + 65 kg + 90 kg) 60 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida 210 kilogramm natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritgan[2]. 1922-yilda Estoniya chempioni, 1923-yilda Boltiqboʻyi chempionatida bronza medali sohibi boʻlgan. Faoliyati tugatishidan oldin 1922-yilda Tallinda boʻlib oʻtgan jahon chempionati tashkilotchilarining tarkibida boʻlgan[2]. Keyinchalik sportning stendda otish turiga qiziqib, ushbu sport turida hakam boʻlad[2]. 1936-yilda ismini Ayn Sillakga oʻzgartiradi[2]. Ikkinchi jahon urushidan keyin sportchi mamlakatda birorta ogʻir atletika boʻyicha musobaqa oʻtkazilmagani uchun oz muddat kurashda hakam boʻlib ishlagan. Birinchi rafiqasi Leontine Luuk vafotidan keyin Alfred 1925-yilda Margaretaga Reisman bilan turmushga quradi. Ularning farzandlari boʻlmagan. 1972-yil 5-noyabrda Tallinda vafot etgan. Rahumäe qabristoniga dafn qilingan[2].
Xotira
tahrir2018-yilda Alfred Schmidt sharafiga uning tugʻilib oʻsgan Maidla qishlogʻida yodgorlik ochiladi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Saue Valdur : Saue valla häälekandja, mis kirjutab kõigest tähtsast ja toredast 25 juuni 2018“ (et). DIGAR Eesti artiklid. 2022-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-may.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 2,8 „Ain Sillak“ (et). ESBL. 2022-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-may.