Algebraik tenglama — chap tomoni nomaʼlumlardan tuzilgan koʻphaddan iborat boʻlgan tenglama. Nomaʼlum xning tenglamani qanoatlantiradigan, ayniyatga aylantiradigan qiymatlari tenglamaning ildizlari yoki yechimlari deyiladi. Algebraning asosiy masalalaridan biri Algebraik tenglamaning ildizlarini topishdan iboratdir. 1, 2, 3 va 4 darajali Algebraik tenglama ildizlarini topish formulalari maʼlum, darajasi 5 va undan ortiq boʻlgan tenglamalar uchun bunday formulalar umumiy holda mavjud emas. Ammo koeffitsiyentlari kompleks sonlar boʻlgan ixtiyoriy tenglama kompleks yechimga ega (qarang Algebraning asosiy teoremasi).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil