Algernonga atalgan gullar (inglizcha: Flowers for Algernon) — Deniel Keyesning ilmiy-fantastik hikoyasi, 1959-yil „Fentezi va ilmiy fantastika jurnali“ning aprel sonida bosilgan. Eng yaxshi ilmiy-fantastik qisqa hikoya uchun „Hyugo“ mukofotini olgan. Keyin Keyes hikoyani roman shaklida kengaytirgan, roman 1966-yilda eng yaxshi roman uchun „Nebyula“ mukofotini olgan.

Algernonga atalgan gullar
Asl nomi Flowers for Algernon
Muallif(lar) Deniel Keyes
Muharrir(lar) Otabek Muhammadiy
Tarjimon(lar) Mushtariy Mamadaliyeva
Til inglizcha
Janr(lar)i ilmiy fantastika
Nashr etilgan sanasi 1959-yil aprel (hikoya), 1966-yil mart (roman)
Nashriyot «Asaxiy Books»
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2021-yil
ISBN ISBN 978-9943-23-193-1

Tarixi

tahrir

Roman gʻoyasi 14 yil davomida Keyes hayotida boʻlgan turli voqealar bilan shakllanib borgan. Hammasi 1945-yilda uning oʻz ota-onasi oʻzining yozuvchi boʻlish istagiga qaramay, tibbiyot yoʻlidan ketishiga majburlashganida boshlangan. U taʼlim ota-onasi bilan orasini buzayotganini sezgan va bu uni intellektni yuksaltirish savoliga olib borgan. [1][2] Asosiy voqealar 1957-yilda, Keyes aqlan rivojlanishda ortda qolgan bolalar maktabida ingliz tilidan dars berganida boʻlib oʻtadi, bir oʻquvchi undan yaxshi oʻqib, aqlli boʻlsa, oddiy maktabga oʻta oladimi yoʻqmi, shuni soʻraydi.[3][4]

Kitobdagi boshqa qahramonlarning ham Keyes hayotidagi prototiplari bor. Algernon universitetdagi mashgʻulotlardan ilhomlanish natijasida yuzaga kelgan, uning ismi esa shoir Aljernon Charlz Suinbern ismidan olingan. [5] Nemyur va Shtraus — intellektni oʻstirish boʻyicha xirurgiyani ishlab chiqqan olimlar obrazi, Keyes psixoanalizni oʻrganayotganda uchratgan professorlardan olingan [6]

1958 yilda Keyes oʻz hikoyasini Galaxy Science Fiction jurnaliga olib keladi, muharrir esa hikoya soʻngini oʻzgartirishni taklif etadi. Taklifga koʻra Charli oʻz intellektini saqlab qolishi, Alisa Kinnianga uylanishi va baxtli uzoq umr kechirishi kerak edi [7]. Keyes oʻzgartirishni rad etadi va hikoyani Fantasy & Science Fiction jurnaliga sotadi [8]

1962-yildan 1965-yilgacha u Keyes hikoya asosidagi roman ustida ishlaydi va uni Doubleday nashriyotiga sotmoqchi boʻladi, ammo bu va yana besh nashriyot uni rad etib, xotimani oʻzgartirishni soʻrashadi [9][10]. Oqibatda kitob Harcourt firmasi tomonidan 1966 yilda nashr qilinadi.

Bosh qahramon, Charli Gordon — 37 yoshli farrosh (romanda 32-yoshli aqliy rivojlanishda ortda qolgan nonvoyxona farroshi) — koʻngilli sifatida intellektni oʻstirish tajribasida qatnashadi. Intellektni sunʼiy tarzda xirurgik aralashuv yoʻli bilan oʻstirish ikki olim doktor Shtraus va doktor Nemyurlar ixtirosi. Algernon laqabli sichqonda muvaffaqiyatli oʻtgan operatsiyadan soʻng ular shunday operatsiyani biror aqlan zaif kishida oʻtkazishmoqchi boʻlib, Charlini tanlashadi, chunki u oʻqish va yozish, umuman aqlli boʻlishda hammadan koʻproq harakat qilardi.

Hikoya Charli tilidan boʻlayotgan voqealar yuzasidan hisobot koʻrinishida taqdim qilinadi. Uning aqliy qobiliyatlarining oshib borishi bilan matnda orfografik va punktuatsion xatolar yoʻqolib boradi, uslub murakkablashadi.

Oʻtkazilgan operatsiya sabab Charlining IQ si 68 dan 200 gacha koʻtariladi (romanda 185). Hisobotlarda Charli boʻlib nisbatan oʻz qarashlarini yozadi, odamlarning unga boʻlgan munosabatini anglaydi, yangi bilimlarni egallaydi.

Charli Algernonga bogʻlanib qoladi, Algernon unga ham oʻzi, ham taqdiri oʻxshagan yagona mavjudot ekanini tushunadi. Tajribaning boshida Algernon va Charli labirintda bahslashadi. Avvaliga har doim Algernon yutadi, bu esa Charlini gʻazablantiradi, nihoyat Charli Algernonni yutganida juda xursand boʻladi. Bundan keyin Charli sichqon bilan doʻstlashishga urinadi.

Charlining oʻrganish tezligi oddiy odamlarnikidan ancha yuqori boʻladi, bir necha haftada u bir necha tillarni oʻrganib, klassik adabiyotni oʻqib chiqadi, bu uning shaxs boʻlib shakllanishiga yordam beradi. Uning aqli zaiflar maktabidagi sobiq oʻqituvchisi Alisa Kinnian avval uning yutuqlaridan quvonadi, keyin Charlini tushunishi qiyinlashavergach, undan uzoqlasha boshlaydi.

Oʻz ishida Charli direktorga katta moliyaviy tejamkorlik yuzasidan taklif beradi, ammo hamkasblari uning ishdan boʻshashini soʻrashadi. Ular Charli shaxsi oʻzgargandan keyin u bilan gaplasha olishmaydi, Charli ham ular bilan doʻst boʻla olmasligini tushunadi.

Romanda Charli va uning sobiq oʻqituvchisi orasidagi ishqiy munosabatlar sujet chizigʻi hikoyaga qaraganda ancha yaxshi ishlangan. Shuningdek, uning bolalik xotiralari onasi va singlisi bilan uchrashuvi ham qoʻshilgan.

Bir oydan keyin esa Charli aqliy salohiyati tajriba oʻtkazayotgan professorlarnikidan ham yuqorilab ketadi. Charli ularning xatolari va imkonlarini koʻra oladi. Tajriba sichqonida regressiya belgilari boshlangach, u oʻz intellekti kuchidan bu tajribani davom ettirish uchun foydalanadi.

Tajribaning ilk muvaffaqiyatiga qaramay, sichqonning xulqi bezovtalikka jiddiy asos beradi, uning qobiliyati qanday oʻsgan boʻlsa, shunday pastlay boshlaydi. Biroz vaqtdan soʻng Algernon vafot etadi. Yorib koʻrish miyaning kichraygani va toʻqimalarning tekislanganini koʻrsatadi. Charli Algernonni yoqmaslikni soʻrab, uni dafn qiladi.

Charlining tadqiqotlari Shtraus va Nemyur qilgan operatsiyadan soʻng regressiyadan qochish mumkin emasligini koʻrsatadi. Charlining kelajak taqdiri ayon boʻladi, u yana avvalgi aqliy zaifligiga qaytishi kutilardi.

Romanda bosh qahramon bu vaziyatdan chiqishning ijobiy yoʻlini izlash uchun bor salohiyatini ishga soladi. U aqliy zaif insonlarga yordam berish uchun qanday tadqiqotlardan foydalanish kerakligini tasavvur qiladi, ammo bularni boshlash uchun vaqti yetmasligini anglaydi.

Charlining aqliy salohiyati qanday oʻsgan boʻlsa, shunday pasayishni boshlaydi. U chuqur depressiyaga tushadi, oʻz joniga qasd qilishni oʻylaydi, ammo uning bu hislari aqliy salohiyati bilan birga soʻnib boraveradi. Romanda uning IQ si avvalgisidan ham pastlaydi. U eski ishiga qaytadi, uning ustidan kulishlaridan yana qoʻrqishni boshlaydi. Ishdagi eski hamkasblari avval uni mazax qilib, operatsiyadan soʻng yuz oʻgirishgan boʻlsada, endi unga mehr va achinish bilan boqishadi. Yangi ishchi uning ustidan kulishiga yoʻl qoʻyishmaydi.

Hikoyada Charli adashib eski maktabiga qaytib, Alisaning yigʻlashini koʻrgandan soʻng ona shahridan ketishga qaror qiladi. Roman esa biroz optimistik ruhda yakunlanadi, Charli hech narsada afsuslanmaslikka va unga yordam berganlardan minnatdor boʻlishga intiladi. U „yirtilip ketkan muqobali xovorang kitop“ni oʻqiganda quvonganini xotirlaydi va „Soʻz beraman yana aqilli boʻpqolshka harakat qlaman“ deydi

Hikoya nomi Charli kundaligining oxiridagi iltimosdan olingan: „P.S.S Iltimos agar iloji boʻsa Algernondi qabiriga gul qoʻpqoʻyila. Orqa boxchada“.

Eʼtibor qilish kerakki, romanda sujet oʻsishi fasllarga qarab oʻzgaradi. Bahor qahramonning tuzalishini, yoz oʻz choʻqqisiga yetishini, kuz salohiyatining pasayishi bilan kechadi. Kitobxon bosh qahramon bilan martda tanishadi, shu oyda operatsiya qilinadi. Bahorda uning oʻsishi yuz beradi, mayda toʻliq tuzalib, qora ishchi boʻlib ishlagan ishxonasidan ketadi. Yozda daho darajasiga yetadi va olamga taniladi, avgustda uni davolagan olimlardan oʻzib ketadi. Kuzda pastlash boshlanadi, ammo uning tugallanishi asar tugallangan noyabr oyida boʻladimi, yo keyinroq, bunisi nomaʼlum.

Ekranlashtirilishi

tahrir

1968-yilda AQSHda „Charli“ filmi suratga olinadi, bu film uchun aktyor Kliff Robertson „Oskar“ mukofotini, filmning ssenariysi „Oltin globus“ mukofotlarini oladi[11]

Shunday sujet 1999-yilda olingan „Molli“ filmida ham bor, yagona farq, bosh qahramon ayol kishi.

2000-yilda Mettyu Modayn bilan „Aljernon uchun gullar“ televizon filmi ekranlarga chiqadi [12].

2015-yilda Yaponiyada „Algernonga atalgan gullar“ seriali olinadi.

Manbalar

tahrir