Ali Ardobus
Ali ardobus (Ibrohimov Ali Fayzullaxoʻjayevich) (1900.15.1, Qiziloʻrda — 1959.9.11, Toshkent) — raqqos va baletmeyster, ak-tyor, pedagog. Oʻzbekistonda (1944) va Qoraqalpogʻistonda (1943) xizmat koʻrsatgan artist. Qiziloʻrda ritmik gim-nastika studiyasini (1917), Xalq Maori-fi Komissarligi qoshidagi Toshkent te-atr studiyasining xoreografiya boʻlimini (1921) tugatgan. Yusufjon qiziq Shakar-jonov, Mahkam hofiz, Orif garmon Tosh-matov, Chervonxon, Oʻktamxon, Qumrixon kabilardan oʻzbek raqs harakatlarini oʻrgandi. 1918-yilning sentabrdan Toshkentdagi Mannon Uygʻur rahbarligidagi teatrda ishlay boshlaydi. A. koʻproq ba-let va raqs bilan shugʻullandi. 20-yillarda „Latifa“, „Yallama yorim“, „Qashqarcha“, „Ufori Toshkent“, „Gul oʻyin“, „Zang oʻyin“, „Qayroq oʻyin“, „Doira oʻyin“, „Afgʻoncha“ kabi xalq raqslarini oʻzlashtirib, ularning sahna tu-rini yaratdi. A. Dushanba musiqa-teatr studiyasini (1929-30), „Togʻ burgutlari“ raqs studiyasi va etnografik ansamblini (1930-33), Olmaota raqs studiyasini (1934), Uygʻur musiqali drama teatrini (1935), Oʻzbek filarmoniyasining ashula va raqs ansamblini (1937-41) tashkil etishda faol qatnashdi. 1943-45 yillarda Qoraqalpogʻistonda raqs studiyalari va ansambllar tashkil qilib, milliy xalq oʻyinlari asosida birinchi qoraqalpoq sah-na raqslarini yaratgan. Oʻzbekistonda teatr va raqs havaskorligini rivojlan-tirishga katta hissa qoʻshgan. Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan va boshqa shaharlarda havaskorlar toʻgaragi tash-kil qilgan. Sahnalashtirgan eng yaxshi raqslari: „Nogʻora“, „Raqs“ „Bayot“ kabi yakka, „Uygʻurcha“, „Qoraqalpoqcha“, „Samarqandcha toʻy“ (syuita), „Urgut beshqarsagi“ va boshqa ommaviy raqslar.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |