Ali at-Tabriziy (Tojuddin)
faqih, mutakallim, usuliy olim, adib va sufiy
Ali ibn Ismoil ibn Yusuf al-Qunaviy at-Tabriziy ash-Shofiʼiy (Alouddin, Abul Hasan) — faqih, mutakallim, usuliy olim, adib va sufiy bo‘lgan. U Rum diyoriga masub Quniyada milodiy 1270-yil (hijriy 668-yil) tug‘ilgan, so‘ngra Qohiraga kelgan. Keyinchalik Damashqqa kelib, u yerda Shom qozisi bo‘lgan.
Ali al-Qunaviy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 1270-yil (hijriy 668-yil) |
Vafoti |
milodiy 1329-yil (hijriy 729-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih, mutakallim, usuliy olim, adib va sufiy |
Ali al-Qunaviy milodiy 1329-yil (hijriy 729-yil) zulqaʼda oyida Damashqda vafot etgan[1].
Asarlari
tahrir- „Sharhu-l-hoviyi-s-sag‘iyr fi furuʼi-l-fiqhi-sh-shofiʼiy“ („Shofiʼiylik mazhabidagi furuʼ al-fiqhga oid „al-Hoviy as-s-sag‘iyr“ sharhi“)
- „Muxtasaru minhojid-din“ (Kalobodiyning „Shaʼbu-l-imoni-t-taarruf li mazhabi-t-tasavvuf“ — „Tasavvuf mazhabining donish va imon ahli“ asari haqidagi Halimiyning qalamiga mansub „Minhojuddin“ning qisqartmasi")
- „Musannaf fi hayoti-l-anbiyo“ („Payg‘ambarlarning hayoti haqidagi kitob“)
- „ash-Shofiy fi-l-usul“ („Ilmi usul bo‘yicha ishonchli asar“)
- „al-Ibtihoj fi intixobi-l-minhoj“ („Dastur tanlashdagi xursandchilik“)
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 39-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |