Ali ibn Hammud an-Nosir
Ali ibn Hammud an-Nosir (arab. علي بن حمود الناصر) (vaf. 22-mart, 1018-yil) 1016-yildan vafotigacha Kordovaning oltinchi xalifasi bo‘lgan. U Andalusdagi Hammudiylar sulolasining a’zosi edi.
Ali ibn Hammud an-Nosir | |
---|---|
6- Kordova amirligi Xalifasi | |
Saltanat | 1016 — 22 Mart 1018 |
Oʻtmishdoshi | Sulayman ibn al-Hakam |
Davomchisi | al-Qosim al-Ma'mun |
Sulola | Hammudidiylar |
U xalifa Sulaymon ibn Hakam tomonidan 1013-yilda Seuta hokimi etib tayinlangan. Hukmronlik davrida mavjud bo‘lgan anarxiyadan foydalanib, u Afrikadagi Tanjerni zabt etdi, so‘ngra Iberiyaning Algezira portini egallab, Malagaga ko‘chib o‘tgan. Malagani ham zabt etgandan so‘ng, u Shimoliy Afrika qo‘shini bilan poytaxt Kordovaga yo‘l olgan va uni 1016-yil 1-iyulda qo‘lga kiritgan. Sobiq xalifa Hishom II ning o‘imi haqida xabar kelganda xalifa Sulaymon dastlab qamoqqa tashlangan, so‘ngra boshi olingan.
Ali ibn Hammud o‘ziga “an-Nosir li-dinilloh” (Allohning dini himoyachisi) degan unvonni qabul qilib, xalifa etib saylangan. Dastlab aholi uni xolisligi uchun olqishlagan; ammo keyinchalik uning qattiqqo‘lligi ham, umaviylarning avvalgi hukmron sulolasidan bo‘lgan hukmdor Abdurrahmon IVning paydo bo‘lishi ham uni mashhurlikdan tushirgan.
Hokimiyatdan ketishi
tahrir1018-yilning 22-martida unga qarshi fitna uyushtirilgan va u shu kuni o‘ldirilgan. O‘rniga Abdurahmon xalifa etib saylangan, biroq u o‘z navbatida Alining ukasi, Sevilya gubernatori Qosim al-Ma’mun tomonidan hokimiyatdan chetlatilgan.
Manbalar
tahrir- Altamira, Rafael „Il califfato occidentale“, . Storia del mondo medievale, 1999 — 477–515-bet.