Alibek Tursunov
Alibek Mamirjonovich Tursunov (1979-yil 1-avgust; Toshkent, OʻzSSR) – 2016–2018-yillarda Buvayda tumani hokimi, 2018–2021-yillarda Bagʻdod tumani hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Alibek Tursunov | |
---|---|
Alibek Mamirjonovich Tursunov | |
Buvayda tumani hokimi | |
Mansab davri 2016-yil – 2018-yil 8-fevralgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Hokim | Shuhrat Gʻaniyev |
Vorisi | Behzod Ibragimov |
Bagʻdod tumani hokimi | |
Mansab davri 2019-yil – 2021-yil 7-fevralgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Hokim |
Shuhrat Gʻaniyev Xayrullo Bozorov |
Vorisi | Vosiljon Nazarov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1-avgust 1979-yil Toshkent, OʻzSSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | Oʻzbek |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi |
Taʼlim |
1995–1999-yillar Toshkent davlat agrar universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (2010) |
Hayoti
tahrirAlibek Mamirjonovich Tursunov 1979-yilning 1-avgustida Toshkent shahrida tavallud topgan. 1995–1999-yillarda Toshkent davlat agrar universitetida va 2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan[1].
Faoliyati
tahrirDastlabki ish faoliyatini 1999–2001-yillarda Bagʻdod tumani shirkat xoʻjaligi agronomi sifatida; 2001–2006-yillarda Fargʻona viloyati "Gʻoʻza urugʻchiligi" birlashmasi yetakchi mutaxassisi, shu yerning bosh mutaxassisi, birlashma raisi oʻrinbosari va 2006–2011-yillarda esa birlashmasi raisi sifatida; 2011–2012-yillarda Fargʻona viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari kotibiyati mudiri sifatida; 2012–2013-yillarda Fargʻona viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining agrotexnologiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari sifatida; 2013-yilda Fargʻona viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi sifatida; 2013–2016-yillarda Fargʻona viloyati tarkibiga kiruvchi Oʻzbekiston tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari sifatida; 2016–2018-yillarda Fargʻona viloyati tarkibiga kiruvchi Buvayda tumani hokimi sifatida[2][3]; 2018-yilda Fargʻona viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Fargʻona viloyati fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi sifatida; 2018–2019-yillarda Bagʻdod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida; 2019–2021-yillarda Fargʻona viloyati tarkibiga kiruvchi Bagʻdod tumani hokimi sifatida[4][5] oʻz faoliyatini olib borgan[1].
2021-yildan esa Fargʻona viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi faoliyat yuritib kelmoqda[6][7].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Fargʻona viloyati hokimligi rasmiy veb sayti. „Фарғона вилояти ҳокимининг қишлоқ ва сув хўжалиги масалалари бўйича ўринбосари“. Qaraldi: 30-may 2024-yil.
- ↑ Kun.uz. „Farg‘ona viloyatida 3ta tuman hokimi o‘zgardi“ (8-fevral 2018-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
- ↑ „Фарғона вилоятида яна иккита туман ҳокими алмашди“ (8-fevral 2018-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
- ↑ Kun.uz. „Farg‘ona viloyatida bir kunda to‘rt tumanda rahbarlar o‘zgardi“ (7-fevral 2021-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
- ↑ „Фарғонада яна икки ҳоким алмашди“ (6-fevral 2021-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
- ↑ Kun.uz. „Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi“ (6-fevral 2021-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
- ↑ Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi. „Фарғона вилояти ҳокимининг ўринбосари ўзгарди“ (8-fevral 2021-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.