Alimentar distrofiya (lotincha alimentarius — ovqatga aloqador), shish kasalligi — yolchib ovqatlanmaslik oqibatida roʻy beradigan kasallik. Moddalar almashinuvining jiddiy buzilishi, ozib ketish, darmonsizlik, teri osti yogʻ qavati (kletchatkasi)ning shishishi, assit, ichki aʼzolar va toʻqimalar funksiyasining buzilishi bilan kechadi. Alimentar distrofiya ga organizmda oqsil yetishmasligi, shu bilan birga, boshqa noqulay omillar (sovuq, jismoniy va ruhiy tanglik) sabab boʻladi. Davosi: quvvatga qirgʻizadigan va yengil hazm boʻladigan ovqatlar, vi-taminlar beriladi. Bemor ovqatni oz-ozdan, sutkada 6-7 bor, boʻlib-boʻlib isteʼmol qilishi zarur. Ogʻirroq hollarda oʻrinda yotib davolanish, shuningdek glyukoza va qon quyish tavsiya etiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil