Alo ul-Buxoriy
(Alishoh ibn Muhammad ibn Qosimdan yoʻnaltirildi)
Alo ul-Buxoriy (Alishoh ibn Muhammad ibn Qosim) (XIII asr Buxoro) — munajjim. Tarjimai holi haqida toʻla maʼlumot yoʻq. Birmuncha vaqt Xorazmda turgani uchun Xorazmiy nisbasi bilan ham mashhur. Alo ul-Buxoriy yulduzlar harakatiga oid „Ziji shohiy“ nomli jadval yaratgan. „Umdat ilhoniya“ („Ilhoniylar tayanchi“) asari bilan nom qozongan. Unda ilmi nujum (astrologiya) sohasida oʻz davrida olingan natijalar umumlashtirilgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |