Alyuminiylash, alitir-lash -yuqori temperaturada ishlatiladigan poʻlat va choʻyan buyumlarning sirtki qatlamini 0,02-1,2 mm gacha alyuminiyga toʻyintirish. Ularning 1100° temperaturagacha kuyindi bardoshliligini va oksidlanishga qarshilik xossasini oshirish maqsadida qilinadi. Bunda alyuminiy oksidlanib, buyumni keyingi oksidlanishdan saqlaydigan oksid parda (A12O3) hosil qiladi. Asosan, kam uglerodli, kamdan-kam hollarda esa oʻrtacha uglerodli poʻlat, kulrang choʻyan va issiqlik taʼsiriga chidamli legirlangan poʻlat buyumlar alyuminiylanadi. Bundan tashqari, A.ning metallash (detal sirtiga alyuminiy kukuni surkalib, diffuzion yumshatiladi); boʻshatish (detal alyuminiy boʻyogʻi bilan boʻyab, diffuzion boʻshatiladi); 700-800° temperaturali 382alyuminiy eritmasida tutib turish va boshqa usullari bor. Avtomobil dvigatellarining klapanlari, gaz turbinalarining kurak hamda soplolari va boshqalarni tayyorlashda A.dan foydalaniladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil