Alixan Boʻkeyxanov

Qozoq davlat arbobi, siyosatchi, publitsist, oʻqituvchi, yozuvchi va ekolog olim, Alash partiyasining asoschisi va unga rahbarlik qilgan.

Alixon Boʻkeyxon (qozoqcha: Әлихан Бөкейхан; 1866, Semipalatinsk – 27-sentyabr 1937, Moskva) – Alash oʻrda hukumati raisi (1917-1920-yillar)[1][2][3][4][5][6][7][8][9][10][11][12][13][14][15][16].

Alixan Boʻkeyxanov
qozoqcha: Әлихан Нұрмұхамедұлы Бөкейхан

Viborg ishida, 1907
 Alash oʻrda hukumati raisi
Mansab davri
13-dekabr 1917 – 5-mart 1920
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi lavozim bekor qilingan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-yanvar 1866-yil
Semipalatinsk
Vafoti 27-sentyabr 1937-yil(1937-09-27)
(71 yoshda)
Moskva

Hayoti

tahrir

Omsk texnik maktabini, keyinchalik Sankt-Peterburg davlat universitetini iqtisodiy fakultetini tamomlagan.

Alixan Bukeyxanov Abay Qoʻnonboyevning birinchi biografi boʻlgan. U haqida gazetada bir nechta maqolalar chiqargan.

1905-yilda Konstitutsiyaviy demokratik partiya (kadet) aʼzosi boʻldi.

Moskvada boʻlib oʻtgan Zemstvo majlisida ishtirok etgan barcha xalq deputatlari va kadetlar ichida, uning tashabbusi bilan Qirgʻizlar konstitutsiyaviy-demokratik partiyasini tuzish taklif qilindi. 1906-yil yanvarda u „Qirgʻiz siyosiy harakati rahbari sifatida“ hibsga olndi, lekin bir necha oydan soʻng qoʻyib yuborildi.

1906-yilda u Semipalatinskka yetib keldi. Viloyat nomidan Rossiya imperiyasi Davlat Dumasining aʼzosi etib sayandi.

Deputat sifatida qirgʻiz-qozoq xalqini milliy-ozodlik harakatiga chaqiruvchi Viborg manifestini tuzadi. 1908-yilda yana qamoqqa olinadi.

Qozoq xalqi uchun erkinliklar berish, shuningdek, boshqa fundamental masalalar (yerdan foydalanish, jamoat va davlat) yuzasidan u oʻzi tuzgan „Nega men kadet partiyasidaman“ konsepsiyasida bayon etgan.

1913-yilda mustaqil „Alash Partiyasi“ga asos soldi va 1917-yilga kelib, yangi Alash oʻrda muxtor davlati tashkil topdi.

1917-1927-yillarda Bukeyxanovga Bolsheviklar tomonidan hamda mafkuraviy va siyosiy raqiblari tomonidan kuchli bosimlar oʻtkazilgan. Bukeyxanov bu sharoitda siyosiy va ijtimoiy faol faoliyatini tark qilishga majbur edi.

1930-yilda muxtoriyat „buzgʻunchi tashkilot“ sifatida tugatildi.

Bukeyxanov Moskvada SSSR Markaziy nashriyot uyida qoʻlga olingan va 1937-yil 27-sentyabrda SSSR Oliy sudi tomonidan uni qatl etishga hukm chiqarilgan. Hukm shu kuniyoq ijro qilingan.

Asarlari

tahrir
  • Букейханов А. Переселенцы в тарских урманах // Сибирские вопросы: периодический сборник. № 11. 23 марта 1908-yil. Томск.
  • Букейханов А. Переселенцы в тарских урманах // Сибирские вопросы: периодический сборник. № 12. 31 марта 1908-yil. Томск.
  • Букейханов А. Киргизы. Формы национального движения в современных государствах. (Под ред. А. И. Костелянского), СПб, 1910.
  • Bukeykhanov A., Dulatov M., Baytursun A., Ryskulov T. Kazakh on Russians before 1917. //Society for Central Asian Studies. Reprint series. No. 5.-Oxford, 1985.
  • Букейханов А. Шыгармалары (Сочинения). — Алматы: Жалын, 1994.
  • Букейханов А. Шыгармалары. — Алматы: Казак энциклопедиясы, 1995.

Manbalar

tahrir
  1. Kak Bukeyxan ostanovil stroitelstvo jeleznoy dorogi
  2. Vistuplenie Bukeyxanova. // Liberalnoe dvijenie v Rossii. 1902—1905-yil. M.: ROSSPEN. 2001. S. 499—500.
  3. TsGAOR, f. DP, 7 d-vo, d. 2, ch. 39, l. 63
  4. Sibirskaya torgovaya gazeta. № 59. 16 maya 1906-yila. Tyumen
  5. 5 iyunya v Semipalatinsk pribil uchyoniy lesovod kirgiz Karkaralinskogo uezda A. N. Bukeyxanov // Sibirskaya torgovaya gazeta. № 86. 18 iyunya 1906-yila. Tyumen
  6. Obolenskiy V. A. Moya jizn. Moi sovremenniki. Parij: YMCA-PRESS. 1988. c. 396.
  7. Peterburg. Loja „Chermaka“
  8. ТАНАЧЕВ Валидхан Шараф-Эльдинович (Шарафетдинович) // Qozogʻiston | TsentrAziya., 2017-12-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-01-30
  9. Марат Сдыков. В борьбе за народное счастье., 2016-03-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-01-30
  10. Bonch-Osmolovskiy, Anatoliy Osipovich. Vospominaniya. // Bonch-Osmolovskie. Vospominaniya. M.: 2015. S. 292.
  11. Sevastyanov Yakov Sergeevich // Yandeks. Slovari › Revolyutsioneri. – 1927—1934.[sayt ishlamaydi]
  12. Дети Алихана Букейхана., 2017-11-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-01-30
  13. Podvig naroda
  14. Prax Smagula Sadvakasova spustya 77 let dostavlen v Qozogʻiston.
  15. Informatsiya iz doneseniya o bezvozvratnix poteryax
  16. Alixanu Bukeyxanu, lideru dvijeniya „Alash“, ispolnilos 145 let.

Havolalar

tahrir