All of the Stars – ingliz qoʻshiqchisi va qoʻshiqnavisi Ed Sheeranning qoʻshigʻi. Tarona 2014-yilda suratga olingan „Yulduzlar aybdormi“ filmida saundtrek sifatida ishlatilib, „The Fault in Our Stars (Music from the Motion Picture)“ saundtrek albomining birinchi treki boʻlgan[1]. Shuningdek, Sheeranning „x“ (2014) nomli ikkinchi studiyaviy albomiga ham bonus trek sifatida kiritilgan.

„All of the Stars“
Ed Sheeran qoʻshigʻi
„The Fault in Our Stars (Music from the Motion Picture) va x (Deluxe physical edition)albomidan
Yozib olingan 2014-yil
Davomiyligi 3:54
Leybl Atlantic
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar) Johnny McDaid
Klipi
"All of the Stars" YouTubeda

Sheeranning taʼkidlashicha, qoʻshiq „butun film syujetidan ilhomlanilgan, shunchaki qaygʻuli, ammo odamlarni kayfiyatini biroz koʻtarishni xohlaydi“[2]. Filmda saraton kasalligiga chalingan bir oʻsmir bolaning boshqa bir saraton kasaliga chalingan qizga oshiq boʻlgani va oʻlim qarshisida sevgining ahamiyati haqida soʻz boradi[3].

2014-yilda Sheeran qoʻshiqchi Christina Grimmiega qoʻshilib, „The Voice“ loyihasining 6-mavsumi finalida ushbu qoʻshiqni ijro etgan[4].

Qoʻshiq uchun ishlangan musiqiy videoning premyerasi 2014-yil 9-may kuni Ed Sheeranning YouTube kanalida boʻlib oʻtgan[5]. Videoda filmdan yangi kadrlar yoʻq edi, biroq unda muxlislar tomonidan yuborilgan „Hammasi goʻzal“, „Sen yuk emassan“ kabi dalda beruvchi xabarlar mavjud edi[6].

Koverlari

tahrir

Jackie Evancho 2015-yil avgust oyida qoʻshiqning kover versiyasi va unga ishlangan videoni chiqargan[7][8].

Chartlar

tahrir
Chart (2014) Oʻrin
  Kanada (Canadian Hot 100)[9] 67
  Fransiya (SNEP)[10] 130
  Olmoniya (Official German Charts)[11] 66
  Irlandiya (IRMA)[12] 29
  Shotlandiya (Scottish Singles and Albums Charts)[13] 31
  Birlashgan Qirollik (UK Singles)[14] 46
  AQSh (Bubbling Under Hot 100 Singles)[15] 13
  AQSh (Digital Song Sales)[16] 49

Manbalar

tahrir
  1. „iTunes – Music – The Fault in Our Stars (Music from the Motion Picture) by Various Artists“. iTunes (2014-yil 19-may). Qaraldi: 2014-yil 11-iyun.
  2. Schillaci, Sophie. „Ed Sheeranʼs Fault in Our Stars Song 'Means So Much' to Author John Green“, The Hollywood Reporter, 14 May 2014, accessed 21 August 2015
  3. Berman, Eliza. „How The Fault in Our Stars Dramatically Improves the 'Sick Flick'“, Slate.com, 5 June 2014, 21 August 2015
  4. „Ed Sheeran and Christina Grimmie – All of the Stars (The Voice Highlight)“. YouTube (2014-yil 29-avgust). Qaraldi: 2019-yil 19-aprel.
  5. „Ed Sheeran – All Of The Stars [Official Video – YouTube“]. YouTube. Qaraldi: 2015-yil 19-yanvar.
  6. Kritselis. „Ed Sheeran's 'The Fault in Our Stars' song is exactly what the soundtrack needed“. Bustle.com. Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  7. Evancho, Jackie. „All of the Stars“, Sony Music Entertainment, 21 August 2015
  8. „All of the Stars“, Amazon.com, 21 August 2015 ASIN B013XBYSE6
  9. "Ed Sheeran Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2014-yil 28-iyul.
  10. "Ed Sheeran – All of the Stars" (fransuzcha). Les classement single. Qaraldi: 2014-yil 31-avgust.
  11. "Ed Sheeran – All of the Stars" (olmoncha). GfK Entertainment Charts. Qaraldi: 2014-yil 28-iyul.
  12. "Irish-charts.com – Discography Ed Sheeran". Irish Singles Chart. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
  13. "Official Scottish Singles Sales Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2014-yil 28-iyul.
  14. "Ed Sheeran: Artist Chart History". Official Charts Company. Qaraldi: 2014-yil 28-iyul.
  15. "Ed Sheeran Chart History (Bubbling Under Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2014-yil 28-iyul.
  16. "Ed Sheeran Chart History (Digital Song Sales)". Billboard. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.