Allach / Porzellan Manufaktur Allach nafis chinni fabrikasi ― Germaniyada 1935 va 1945-yillar oraligʻida ish olib borgan. Faoliyatining birinchi yilidan keyin korxona SS tomonidan Daxau kontslageri mahbuslarining majburiy mehnatidan foydalangan holda boshqarilgan.

Allach fabrikasining savdo belgisi

Tarixi

tahrir

Kulolchilik sohasining ustasi Frants Nad 1925-yildan beri Allach zavodi tashkil etilgan Myunxen chekkasida hudud — Allak (Allach) dagi yerga egalik qilib kelardi.

1935-yil boshida u kichik chinni fabrikasiga asos solgan.

Ustav kapitali 45 000 reyxsmarkga teng boʻlgan Allach GmbH kompaniyasining rasman tashkil etilgan sanasi 1936-yiling 3-yanvar kuni edi. Taʼsischilar — Frants Nad korxona rahbari, Teodor Kerner (Theodor Kärner) haykaltarosh, Karl Dibich rassom va Bruno Galke savdo agenti boʻlgan. Fabrikaning norasmiy egasi esa Genrix Himmler edi. Fabrika oʻz eʼtiborini birinchi navbatda dekorativ va nafis chinnibuyumlar ishlab chiqarishga, shu jumladan, nemischa yangi badiiy didni „tarbiyalash“ va rivojlantirishni orzu qilgan Reyxsfyurerning oʻzi tomonidan beriladigan maxsus buyurtmalarga qaratgan. Shuningdek, fabrika uy uchun sopol mahsulotlarni yanada ommaviy tarzda ishlab chiqarishni va idish-tovoqlarning maxsus qismini tashkil etishni amalga oshirgan.

1939-yil 1-aprelda Berlinda, Leypsigshtrasse-13 dagi Allach fabrikasining koʻrgazma zali ochilishida professor Karl Dibich keyinchalik bashorat sifatida qabul qilingan soʻzlarni aytdi: „Xalq uning madaniyati dalillari tirik ekan mavjud boʻlaveradi. Fyurerning bu soʻzlari biz uchun madaniy shiordir. Biz har bir ishimizning bizdan keyin keladigan avlod tomonidan sinchkovlik bilan tadqiq etilishini yaxshi bilamiz. Va kelajak avlodlar ishimizga yomon baho berishlarini istamaymiz“.

Yana qarang

tahrir

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir