Allentown
Allentown – AQShning Pennsilvaniya shtatidagi Lehig okrugining markazidagi shahar[2]. 2020-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Allentown Pennsilvaniya shtatidagi eng koʻp aholiga ega shaharlar ichida uchinchi oʻrinda turadi. Shahar aholisi esa 125,845 nafarni tashkil etadi. Shaharga 1867-yilda asos solingan.
| |||
Shtat tarkibidagi shahar | |||
---|---|---|---|
Tarkibida | Pennsilvaniya | ||
Asos solingan sanasi | 12-mart, 1867-yil | ||
Mer | Matthew Tuerk | ||
Aholi (2020-yil) | 125845 | ||
Zichligi | 2766.35 kishi./km² | ||
Millatlar tarkibi | inglizlar, nemislar | ||
Maydoni | 46.64[1] km² | ||
Vaqt mintaqasi | −4 | ||
Pochta indeksi | 18101, 18102, 18103, 18104, 18105, 18106, 18109, 18175,, 18195 | ||
Rasmiy sayti | allentownpa.gov | ||
Xaritada | |||
40°36′0″N 75°29′0″W / 40.60000°N 75.48333°W |
Shahar Filadelfiyadan 48 mil (77 km) shimolda va Nyu-York shahridan esa 78 mil (126 km) gʻarbda joylashgan.
Tarixi
tahrirXVIII asr
tahrir1700-yillargacha shahar hududi oʻrnida oʻrmon boʻlgan. Ushbu davrda yashagan Lenape qabilasi vakillari oʻrmon hududida ovchilik bilan shugʻullanishgan. Shaharga ko'chib kelgan koʻchmanchi qabilalar oʻtroq hayot tarziga oʻtgach, shahar turli qismlarga boʻlinib ketgan hamda XVIII asrning oʻrtalarida shaharchalar soni 42 taga yetgan.
Shaharning nomlanishida shahar asoschisi Allenning xissasi ko'proq bo'lgan. Hozirgi kundagi shaharning 7-sonli koʻchasiga uning nomi berilgan.
Amerika inqilobiy urushi davrida
tahrirShaharda joylashgan „Hamilton“ koʻchasida Amerika inqilobiy urushi paytida yaralangan askarlar uchun moʻljallangan kasalxona mavjud boʻlgan. Shuningdek, inqilobiy urush davrida qoʻlgan olingan asirlar uchun „Gordon“ koʻchasida lager barpo etilgan. Urushda gʻalaba qozongan George Washington va uning qoʻshinlari 1777-yilda Allentownda bir kecha qolishadi va shu koʻcha keyinchalik „Water street“ nomini oladi.
XIX asr
tahrir1810-yilda AQShda oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, shahar aholisi 700 kishini tashkil etgan. Pennsilvaniya hamdoʻstligi kengashishining 1811-yil 18-martdagi qaroriga muvofiq, shahar Norgempton okrugi tarkibiga qoʻshilgan. Okrugga qoʻshilgach, Norgempton markaziy banki barpo etildi. Lehig daryosi ustidan 160 metr uzunlikka teng boʻlgan „Hamilton“ koʻprigi qurilgan. 1829-yilda shu daryoning sharqiy qismida ham koʻprik qurildi. 1848-yilda daryo boʻylab, temiryoʻl ham qurildi.
XX asr
tahrir1905-yilda „Mack Trucks“ kompaniyasi qarorgohini Bruklin shahridan Allentownga koʻchiradi. Keyinchalik shaharda kompaniyaning 8 ta zavodi qurilgan. XX asr boshlaridan koʻplab suriyaliklar xristianlar shaharga koʻchib kela boshlaydi. 2015-yilgi maʼlumotlarga koʻra, 5200 ga yaqin aholi asli suriyaliklar hisoblanishadi. XX asrda shahar aholisining katta qismi nemis tilida soʻzlashgan.
Geografiyasi
tahrirShahar manzarasi va aholi punktlari
tahrirShaharning sharqida „The Wards“ binosi joylashgan bo'lib, XIX asr oxirida sanoatlashtirish paytida barpo etilgan. „West End“ savdo tarmoqlari 15-ko'chada joylashgan. Shahar markazidagi eng baland bino — „PPL Tower“ hisoblanib, balandligi 98 metrni tashkil etadi. Shuningdek, shaharda 8500 o'rinli yopiq arena binosi ham mavjud bo'lib, mahalliy hokkey klubiga tegishli. 2015-yilda „Americus Hotel“ va „Marriott hotel“ kabi mehmonxonalar o'z faoliyatini boshlagan.
Togʻlari
tahrirShaharda bir necha tog' tizmalari mavjud. Ularning o'rtacha balandligi 1000 metrdan 2000 metrgachani tashkil qiladi. Lehig vodiysi hamda Norgempton okruglarini janubiy tog'lar ajratib turadi.
Iqlimi
tahrir„Köppen“ ma'lumotlariga ko'ra, shahar iqlimi kontinental iqlimiga xos. Yanvar oyining o'rtacha harorati, -1,1 °C ni tashkil etadi. Eng past harorat 1994-yil 21-yanvarda (−26 °C) daraja bilan qayd etilgan. Iyul oyining o'rtacha harorati, 24,2 °C. Eng yuqori harorat 41 °C daraja bilan 1966-yil 3-iyulda qayd etilgan.
Aholisi
tahrirAholi o‘sish tarixi | |||
---|---|---|---|
Yil | Aholi | %± | |
1790 | 486 | — | |
1800 | 573 | 179% | |
1810 | 710 | 239% | |
1820 | 1 132 | 594% | |
1830 | 1 757 | 552% | |
1840 | 2 493 | 419% | |
1850 | 3 703 | 485% | |
1860 | 8 025 | 1 167% | |
1870 | 13 884 | 730% | |
1880 | 18 063 | 301% | |
1890 | 25 288 | 400% | |
1900 | 35 416 | 401% | |
1910 | 51 913 | 466% | |
1920 | 73 502 | 416% | |
1930 | 92 563 | 259% | |
1940 | 96 904 | 47% | |
1950 | 106 756 | 102% | |
1960 | 108 347 | 15% | |
1970 | 109 871 | 14% | |
1980 | 103 758 | −56% | |
1990 | 105 090 | 13% | |
2000 | 106 632 | 15% | |
2010 | 118 032 | 107% | |
2020 | 125 845 | 66% | |
U.S. Decennial Census[3][4] |
2020-yilgi AQSh aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Allentownda 125 845 kishi istiqomat qiladi. Ulardan 54,2 foizi ispan, 32 foizi ispan boʻlmagan oq tanli aholi, 10,4 foizi esa mahalliy qora tanli aholi hisoblanadi.
18 yoshgacha boʻlgan aholi 24,8% ni, 18 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan aholi 11,2% ni, 25 yoshdan 44 yoshgacha boʻlgan aholi 29,8% ni, 45 yoshdan 64 yoshgacha aholi 19,1% ni hamda 64 va undan yoshi kattalar 15,1%ni tashkil qiladi. Erkaklarning oʻrtacha daromadi 30,426 dollarni, ayollarniki esa 23,882 dollarni tashkil qilgan. 2010-yil fevral holatiga koʻra, aholining 10 foizi ishsiz hisoblanadi.
Taʼlim tizimi
tahrirShaharda yuqori sinf oʻquvchilari uchun moʻljallangan 2 ta davlat maktabi mavjud.
Media
tahrirTelevideniya
tahrirAllentown Filadelfia media bozorining bir qismi hisoblanadi hamda u mamlakatdagi toʻrtinchi eng katta televizor bozoridir. Allentownda Filadelfiyagi yirik tarmoqlardan 3 tasini joylashgan :KYW-TV kanal 3(CBS), WCAU kanal 10(NBC),WPVI kanal 6(ABC) va WTXF kanal 29(FOX)lardi.
Gazeta va jurnallar
tahrirAllentowndaa ikkita kundalik jurnal bor. Ular „Tonggi chorlov“ va „Vaqt ifodasi“ jurnallaridir.
Manbalar
tahrir- ↑ „ArcGIS REST Services Directory“. United States Census Bureau. 2022-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-oktyabr.
- ↑ Salter, Rosa. Two in tune with the times ** At 175, Allentown Band, America's oldest, preserves best of ntr55nh54tradition. (2003-yil 20-aprel), s. E.01.. „1967: Allentown named Band City-U. S.A“
- ↑ „Census of Population and Housing“. Census.gov. 2015-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-iyun.
- ↑ „Census Population API“. United States Census Bureau. 2022-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-oktyabr.