Allergen — allergik reaksiyalarni keltirib chiqaruvchi modda. Allergenlar quyidagi guruhlarga boʻlinadi: noin-feksion Allergenlar — maishiy, epidermal Allergenlar, oʻsimlik gullarining changlari, oziq-ovqat, dori-darmonlar, turli xil kimyoviy moddalar. Infeksion Allergenlar — bakteriyalar, zamburugʻlar, viruslar va boshqa Maishiy Allergenlar — uy changi, par yostiq patlari, dafniya, kutubxona changlari. Epi-dermal Allergenlar — yovvoyi va uy hayvonlari (it, mushuk, ot, qoʻy va boshqalar) juni, qazgʻogʻi. Dori Allergenlari: 0,9% li fiziologik eritma va glyukozadan tashqari deyarli hamma dorilar. Oʻsimlik gullarining changi 35 mkm dan kichik boʻlsa va oʻzida allergenlik xususiyatini namoyon etsa, shamolda uzoq masofaga ucha oladigan boʻlsa, al-lergik kasallik paydo qilishi mumkin. Bunday oʻsimliklarga ermon, burgon, makka, yalpiz va boshqa kiradi. Oziq-ovqat Allergenlari: har xil oziq-ovqat mahsulotlari (sut, tuxum, asal, baliq, yongʻoq, mosh, noʻxat, sitrus mevalar, shokolad va boshqalar). Kimyoviy Allergenlar — turli xil poroshoklar, pastalar, ursol (soch boʻyogʻi tarkibidagi modda, benzin, benzol va boshqalar).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil