Allopoliploidiya
Allopoliploidiya (yun. allos -boshqa va polyploos — koʻp karrali) — har xil turlar yoki avlodlarga mansub organizmlarni chatishtirish natijasida olingan duragaylarda ikki va undan ortiq genomlarning karrali ortishi tufayli vujudga kelgan poliploidiya. Allopoploidiya duragay poliploidiya deb ham ataladi. Somatik hujayralarda har ikki ota-onaning ikki hissa ortgan xromosomalari toʻplamiga ega boʻlgan Aallotetraploidlar yoki amfidiploidlar deyiladi. Allopoliploidiya muhitning turli xil ekstremal sharoitlariga yuqori adaptiv moslanuvchanligi va chidamligi bilan diploidlardan ajralib turadi. Allopoploidiya yangi forma va tur paydo boʻlishining omili sifatidaevolyutsiyada muhim ahamiyatga ega boʻlib, undan seleksiya ishlarida foydalaniladi. Ekinlarning koʻp turlari (masalan, Meksika va peru gʻoʻzalariningg tetraploid navlari) allopoliploidlar hisoblanadi. Allopoploidiya diploid organizmlarga nisbatan serhosil boʻladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |