Allvar Gullstrand
Allvar Gullstrand (5-iyun 1862 – 28-iyul 1930) — Shvetsiya oftalmologi. Koʻz optikasi ustida tadqiqot olib borib, simmetriya tekisligiga bogʻliq holda astigmatizmning uch turini aniqladi; nurning sinish va qaytarish sistemalarini "dioptriyalarda hisoblash" deb ataladigan yangi usulni ishlab chiqdi. Binokulyar, reflekssiz oftalmoskop, tirqishli lampa, lupa-koʻzoynak kabi asboblar ixtiro qildi. Nobel mukofoti laureata (1911).[1]