Allyuvial tekisliklar
Allyuvial tekisliklar — doimiy va vaqtli oqar suvlar keltirmalarining yer yuzasidagi botiq yoki yassi joylarda choʻkib qolishidan vujudga kelgan tekisliklar. Shagʻal, chaqirtosh va qum, qumoq hamda loyqalardan tashkil topadi. Allyuvial tekisliklarning tuproqlari koʻpincha unumdor boʻladi, dehqonchilik hamda chorvachilikda keng foydalaniladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |