Almuth Schult
Almuth Schult (1991-yil 9-fevralda tugʻilgan[2]) — nemis futbolchisi, „Angel City“ va Germaniya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi[3].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Almuth Schult[1] | ||
Tavallud sanasi | 9-fevral 1991-yil | ||
Tavallud joyi | Dannenberg, Germaniya | ||
Boʻyi | 1.80 m | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Angel City | ||
Raqami | 39 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1996—2007 | FC SG Gartow | ||
2007—2008 | Hamburger SV | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2007—2008 | Hamburger SV | 0 | (0) |
2008—2011 | Magdeburger FFC | 44 | (0) |
2011—2013 | SC 07 Bad Neuenahr | 43 | (0) |
2013—2022 | VfL Wolfsburg | 116 | (0) |
2022 | Angel City FC | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2008—2009 | Germaniya U19 | 11 | (0) |
2009—2010 | Germaniya U20 | 10 | (0) |
2010 | Germaniya U23 | 1 | (0) |
2011 | Germaniya | 64 | (0) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2019-yil 22-aprel uchun) |
Jamoalardagi faoliyati
tahrirBesh yoshida Schult oʻz faoliyatini mahalliy „FC SG Gartow“ futbol klubida boshlagan, 2007-yilda „Hamburger SV“ga oʻtgan. U 2008-yilda „Magdeburger FFC“ga qoʻshildi va u yerda uchinchi darajali Regionalligada oʻynadi. Magdeburgda Schult muntazam asosiy tarkib oʻyinchisiga aylandi va jamoasi bilan 2-oʻringa koʻtarildi. 2011-yilda Schult Bundesliga vakili „SC 07 Bad Neuenahr“ bilan uch yillik shartnoma imzoladi[4]. 2013-yilda u Bundesliga va UEFA ayollar chempionlar ligasi chempioni „VfL Wolfsburg“ bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[5].
Xalqaro faoliyti
tahrirSchult Germaniya terma jamoasi bilan 2008-yilgi 17 yoshgacha ayollar oʻrtasidagi „Jahon chempionati“da ikkita oʻyinda qatnashib, uchinchi oʻrinni egalladi. Ikki yil oʻtgach, u 2010-yilgi 20 yoshgacha ayollar oʻrtasidagi „Jahon chempionati“da Germaniya terma jamoasining birinchi tanlangan darvozaboni boʻldi va jamoa gʻalaba qozondi. Turnir Germaniyada oʻz maydonida oʻtkazildi.
Schult Germaniya terma jamoasining 2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatidagi uchinchi darvozaboni sifatida chaqirilgan edi[6]. Uning jamoadagi debyuti 2012-yilning 15-fevralida Turkiyaga qarshi oʻtkazilgan[7][8].
Nadine Angerer nafaqaga chiqqanidan soʻng, Germaniya terma jamoasining asosiy darvozaboni sifatida Schultning birinchi yirik turniri 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida boʻlib oʻtdi, u yerda u har bir oʻyinda oʻynadi. Germaniya bilan ayollar olimpiadasi futbolida birinchi oltin medalni qoʻlga kiritdi[9].
Yutuqlari
tahrirVfL Wolfsburg
- Bundesliga: 2013—2014, 2016—2017, 2017—2018, 2018—2019
- DFB-Pokal: 2014—2015, 2015—2016, 2016—2017, 2017v2018, 2018—2019
- UEFA ayollar chempionlar ligasi: 2014
Germaniya
- UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionati, ikkinchi oʻrin: 2022[10]
- Yozgi Olimpiya oʻyinlari, oltin medal: 2016
- Algarve kubogi: 2012—2014
Germaniya U20
- FIFA U20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati: 2010
Germaniya U17
- FIFA U17 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati, uchinchi oʻrin: 2008
Shaxsiy yutuqlari
- IFFHS dunyoning eng yaxshi ayol darvozaboni: 2014[11]
- IFFHS oʻn yillikning eng yaxshi ayol darvozaboni: 2011—2020[12]
Manbalar
tahrir- ↑ „FIFA Women's World Cup France 2019 – List of Players: Germany“. FIFA (2019-yil 7-iyul). 2019-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-fevral.
- ↑ Krech, Eva-Maria. Deutsches Aussprachewörterbuch (de). Berlin: Walter de Gruyter, 2009 — 306, 912-bet. ISBN 978-3-11-018202-6.
- ↑ „Nationalspielerin Almuth Schult“ (de). DFB.de. Qaraldi: 2011-yil 23-iyun.
- ↑ „Bad Neuenahr verpflichtet Almuth Schult“ (de). womensoccer.de (2011-yil 28-aprel). 2011-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-iyun.
- ↑ „Goalkeeper Schult goes to Wolfsburg“. uefa.com (2013-yil 30-may). Qaraldi: 2013-yil 18-iyun.
- ↑ Bundestrainerin benennt 21-köpfigen WM-Kader.
- ↑ DFB-Frauen glanzlos an die Spitze.
- ↑ „EM-Qualifikation, 2011/2012, Gruppe 2 – Türkei 0 Deutschland 5“ (de). DFB – Deutscher Fußball-Bund e.V. (2014-yil 14-avgust). Qaraldi: 2019-yil 26-aprel.
- ↑ „Gold for Germany as Neid finishes in style“. fifa.com (2016-yil 19-avgust). 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Sanders. „England beat Germany to win first major women’s trophy“. BBC (2022-yil 31-iyul). Qaraldi: 2022-yil 31-iyul.
- ↑ Awards 2014
- ↑ „IFFHS WORLD'S BEST WOMAN GOALKEEPER OF THE DECADE 2011-2020 : ALMUTH SCHULT“. IFFHS (2021-yil 18-yanvar).
Havolalar
tahrir- Rasmiy profili
- Germaniyalik futbolchining ichki futbol statistikasi