Alni qotishmalar — temiralyuminiynikel tizimidagi qotishmalar. Magnit xossalari gʻoyat yuqori. Alni qotishmalar tarkibida 9-15,5% alyumi-niy (Al), 18-24,5% nikel (Ni), qolgani temir (Fe) boʻladi. Alni qotishmalar magnit jihatdan qattiq qotishmalar jumlasiga kiradi. Yuqori quvvatli ixcham magnitlar tayyorlanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil