Aloe
Aloe, aloy – loladoshlar oilasiga mansub doim yashil, koʻp yillik oʻtlar (baʼzan daraxtlar) turkumi. Tropik va subtropik mintaqalarda oʻsadi. Qariyb 180 turi maʼlum. Aloe turlari gultuvakda ham oʻstiriladi; ularning bargi semiz, sersuv, qalin va tikanli. Aloe bargidan olinib quritiladigan shira – sabur surgi sifatida, konservatsiya qilingan sharbati esa turli yaralarni, kuygan terini, gastritni davolashda ishlatiladi. Aloening bargidan olinib konservatsiya qilingan biostimulyatorlarga boy ekstrakta organizm mustahkamligini oshiruvchi vosita sifatida teri ostiga yuboriladi.
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/35/Aloe_succotrina_-_K%C3%B6hler%E2%80%93s_Medizinal-Pflanzen-007.jpg/220px-Aloe_succotrina_-_K%C3%B6hler%E2%80%93s_Medizinal-Pflanzen-007.jpg)
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |