Aloqa liniyasi (yoʻllari) – signallarni uzatkichdan qabul qilgichga tarqatuvchi texnik qurilmalar va fizik muhitlar yigʻindisi. Aloqa kanalining tarkibiy qismi. Koʻp kanalli aloqa tizimida ixchamlashtiriladi va bir vaqtning oʻzida koʻp kanalga taalluqli boʻladi. Baʼzan, aloqa kanali tarkibiga bir necha aloqa liniyasi ulanadi. Maʼlumotlarni uzatishda foydalaniladigan signallarning tarziga koʻra, elektr, tovush (akustik) va optik aloqa liniyasiga boʻlinadi. Mustahkam va sifatli aloqa oʻrnatish uchun simli aloqa liniyasi quriladi. Harakatlanuvchi ob’ektlar, boshqa sayyoralar va kosmos bilan aloqa oʻrnatishda simsiz aloqa liniyasidan foydalaniladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil