Alptegin — Gʻaznaviylar davlati hukmdori (962 — 963). Gʻaznaviylar sulolasidan. Andoza:Gʻaznaviylar davlati

Alptegin (taxminan 885-963) — Somoniylar lashkarboshisi Nasr ibn Ahmad Somoniy davrida visoq boshi, xayl boshi, hojib darajasiga koʻtarildi. Nuh ibn Nasr Somoniyning oʻgʻli Abdulmalik davrida Xurosonga sipohsolor etib tayinlandi. Mansur ibn Nuh Somoniy (961-976) taxtga oʻtqazilgandan koʻp oʻtmay, Buxorodagi baʼzi amirlarning igʻvosi bilan Mansur ibn Nuh Somoniy va Alptegin oʻrtasida nizo kelib chiqdi. Amir Mansur unga qarshi katta qoʻshin yubordi. Oqibatda Alptegin Xurosonni tark etib, Balx tarafga yoʻl oldi; taʼqib qilib kelgan Buxoro qoʻshinini Xulm darasida tor-mor keltirdi. Shundan keyin Bomiyon, Kobul, Gʻaznani egalladi (962) va oʻsha yerdan Hindistonga tez-tez hujum qilib turdi. Lekin ana shunday yurishlardan birida yoʻlda vafot etdi[1].


Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil