Alsancak Hocazade masjidi
Alsancak Hocazade masjidi (turkcha: Alsancak Hocazade Camii) – Turkiyaning Izmir shahridagi masjid.
Masjid | |
Mamlakat | Turkiya |
Shahar | Izmir |
Joylashuvi | Alsancak |
Meʼmor | Fahri Nişli[1] |
Binokorlik | 1948—1950 |
Alsancak Hocazade masjidi Vikiomborda |
Bino Alsancak tumanida Şair Eşref va Ali Çetinkaya xiyobonlari chorrahasida joylashgan[2]. Usmoniylar meʼmorchiligi asosida klassik uslubidagi masjid 1948–1950-yillar oraligʻida Hocazade Ahmet Ragıp Üzümcü jamgʻarmasi saʼy-harakatlari bilan barpo etilgan. Bino, asosan, oq rangda boʻlib, gumbazlari hamda minoralarining ikki qavatli ayvonlari koʻk rangga boʻyalgan. 2002-yilda Izmir munitsipaliteti va Tarixiy yodgorliklar boʻyicha Oliy kengash tomonidan masjidda restavratsiya ishlari olib borilgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „İZMİR'İN KONAK İLÇESİ'NİN ANTİK ÇAĞ HAZİNELERİ“. 2012-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-avgust.
- ↑ „Alsancak Hocazade Camii“. 2012-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-avgust.
- ↑ „Hocazade Camii pırıl pırıl“. 2013-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-avgust.