Alyaska (yarim orol)
Alyaska — Shimoliy Amerikaning shimoli-gʻarbidagi yarim orol, Bering den-gizining Bristol qoʻltigʻi bilan Tinch okean oraligʻida. Uzunligi 700 km, eni 10-170 km. Yarim oroli Aleut tizmasi egallagan boʻlib, harakatdagi va soʻngan vulkanlar bor. Bal. 2507 m gacha. Muzliklar mavjud. Togʻ tundrasi landshafti ustun. Shimoli-gʻarbiy sohili pastte-kislikdan iborat, koʻl koʻp. A. yarim orolining shimoli-gʻarbiy qismida Alyaska shtati joylashgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |