Alyaska sugʻuri(Marmota broweri) – Brooks sugʻuri yoki Brower sugʻuri nomlari bilan ham mashhur boʻlgan kemiruvchilar turlaridan biri[1].

Alyaska sugʻuri
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Turkum: Kemiruvchilar
Marmota broweri (Alyaska sugʻuri)ning Alyaska hududida tarqalishi. Tarqalish hududining kichik bir qismi Kanada hududiga ham oʻtadi.
Marmota broweri (Alyaska sugʻuri)ning Alyaska hududida tarqalishi. Tarqalish hududining kichik bir qismi Kanada hududiga ham oʻtadi.

Avvallari shunchaki kulrang sugʻur nomi bilan tanilgan Alyaska sugʻurlarini Alyaskadagi Brooks togʻ tizmalari qiyaliklarida uchratish mumkin. Ular ayniqsa koʻllar yaqinidagi qoyali-togʻli hududlarda yashashni maʼqul koʻradilar. Ularning asosiy ozuqasi togʻli hududlarda koʻp uchraydigan oʻt-oʻlanlar, urugʻlar va lishayniklardir. Ularning qalin tanalari qalin qattiq kulrang moʻyna bilan qoplangan. Alyaska sugʻurlari katta katta oilalardan iborat jamoalar boʻlib yashaydi. Qish oylarida ular koʻp vaqtini kovaklarda uxlash orqali oʻtkazishadi. Ular ustida hali koʻp tadqiqot oʻtkazilmagan boʻlsada, ular inson omili yoxud boshqa turdagi xavf ostida deb hisoblanmaydi. Alyaska hukumati xuddi amerikaliklarning Sugʻur kuniga oʻxshash tarzda, shtatdagi sugʻurlarning keng tarqalganini ifodalash maqsadida 2-fevralni Sugʻur kuni deb belgilagan.

Tasniflanishi

tahrir

Marmota broweri dastlab Marmota caligata turi bilan bir xil deb eʼtirof etilgan. Ammo keyinchalik, Marmota broweri alohida tur ekanligi haqida dalil topilgach bu tushuncha xatoligi isbotlandi[2][3][4][5][6]. Marmota browerining alohida tur ekanligini isbotlashda Sitoxrom B ketma-ketligidan foydalanildi. Ularning boʻlingan taqsimoti genetik izolyatsiyasing taʼsirlarini oʻrganish uchun koʻproq ilmiy ish olib borish zarur[7].

Tarqalishi va yashash hududi

tahrir

Tarqalishi

Global tarqalish jihatidan, Alyaska sugʻurlari Neartika hududlariga mansubdir. Alyaska sugʻurlari markaziy va shimoliy Alyaska(Brooks togʻ tzimalari, Ray togʻlari va Kokrines tepaliklarini oʻz ichiga oladi)ning Porcupine va Yukon daryolarining shimolidagi togʻlarda yashaydi[8]. Ammo Alyaska sugʻurlarining Yukon daryosining shimolidagi Richardson tog'larida boʻlgani haqida hali tasdigʻini topmagan hisobotlar ham mavjud[9]. Ularning umumiy tarqalishi haligacha toʻliq va aniq maʼlumotlarga ega emas[7].

Yashash hududi Alyaska sugʻurlari dengiz sathidan odatda 1000 metrdan(3300 ft) 1200 metrgacha(3900 ft) boʻlgan balandlikdagi togʻ choʻqqilari, yaylovlar va qoyalarda koʻp uchraydi. Alyaska sugʻurlari doimiy qishki uylaridan 20 yilgacha foydalanishadi[1]. Inlarining kirish qismi oʻsimliklar, loy va axlat bilan berkitilgan boʻladi. Bu inkar odatda ular tomonidan kuzatuv posti sifatida foydalaniladigan boʻrtib chiqqan joylar yaqinida joylashgan boʻladi. Koloniyalar bir-biriga yaqin joylashgan alohida oila kovaklaridan tashkil topgan. Ular moʻynalarining rangi ularga qoyalar orasida berkinish imkonini beradi[10].

Taʼrifi

tahrir

Alyaska su’gurlari kalta boʻyin, keng va kalta bosh, kichik quloqlar, uzun boʻlmagan oyoqlar, qalin moʻynali dum va dagʻal junli tanaga ega[10]. Oʻsmir sugʻurlar boshlarining orqa tomoni va burnidagi moʻynalari toʻq qora rangda boʻladi[11]. Oyoqlarining rangi esa odatda ochiq yoki toʻq rangda boʻladi[10]. Marmot broweri qazish uchun moʻljallangan qattiq tirnoqlarga ega ammo ularning old panjalarida bu qattiq tirnoqlar oʻrniga yassi tirnoqlar mavjud[11]. Qishki uyqu sikliga qarab tana oʻlchamlari turlicha boʻladi[12]. Erkaklarining oʻrtacha uzunligi 63 sm, ogʻirligi 3,6 kg boʻladi. Urgʻochilari esa biroz kichikroq: oʻrtacha 58 sm uzunlik va 3.2 kg ogʻirlikka ega.

Ekologiya

tahrir

Oziqlanishi

Alyaska sugʻurining asosiy ozuqa manbayini togʻ yonbagʻirlarida oʻsadigan maysalar, gullar, donli va dukkakli o'simliklar, lishayniklar va kamdan kam holatda hasharotlar tashkil etadi[13][1][10]. Alyaska sugʻurlari odatda har narsa yeydikan tur sifatida mashhur boʻlsada, ular hasharotxoʻr, oʻtxor va mevaxoʻr sifatida ham tavsiflanadi[1].

Ovlanishi Alyaska sugʻurlari kulrang bo'rilar, grizli ayiqlari, koyotlar va tulkilar tomonidan ovlanadi[10] . Yosh su’gurlar burgutlar, ayniqsa, oltintus burgutlar tomonidan koʻp ovlanadi[11].

Qishki uyqu jarayoni

tahrir

Marmota broweri uzoq vaqt qishki uyquga ketadigan sugʻurlardan biri boʻlib ularning yiliga 8 oygacha uxlashi rasman roʻyxatga olingan[1] . Alyaska sugʻurlari yoz oxiriga qadar qishki uyqu uchun oʻzida qalin yogʻ qatlamini toʻplaydi. Alyaska sugʻurlari qor yogʻishni boshlaguniga qadar faol boʻladilar va ularning uyquga ketish davomiyligi sentyabr oyidan iyun oyigacha ham davom etishi mumkin. Qishki uyqu davrida ularning tana harorati, yurak urishi, va respirator organlarini faoliyati sekinlashadi. Alyaska sugʻurlari may oyining birinchi ikki haftasida oʻz inidan chiqishni boshlaydi.

Odamlar bilan aloqasi

tahrir

Marmota broweri baʼzan Alyaskaliklar tomonidan goʻshti va moʻynasi uchun ovlanadi. Ularning moʻynasi noyob hisoblanib, 1956-yilda $6dan $8 dollargacha(2022-yil holatida qiyoslasak, $64,58 dan $86,11 gacha) baholangan[11][14].


Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Hubbart, Jason A. (2011). "Current Understanding of the Alaska marmot (Marmota broweri): A Sensitive Species in a Changing Environment". Journal of Biology & Life Sciences 2 (2): 6–13. http://www.asciencejournal.net/asj/index.php/BIO/article/viewArticle/220. Qaraldi: 28 November 2011. Alyaska sugʻuri]]
  2. Hall, E.R.; R.M. Gilmore (1934). "Marmota caligata broweri, a new marmot from northern Alaska". Canadian Field-Naturalist 48: 57–59. 
  3. Hall, E.R.. The mammals of North America.. New York: Wiley-Inter science, 1981. 
  4. Rausch, R. L.; V. R. Rausch (1965). "Cytogenic evidence for the specific distinction of an Alaskan marmot, Marmota broweri Hall and Gilmore (Mammalia: Sciuridae)". Chromosoma (Berlin) 16 (5): 618–623. doi:10.1007/bf00326977. PMID 5857562. https://digitalcommons.unl.edu/cgi/viewcontent.cgi?article=1549&context=parasitologyfacpubs. 
  5. Hoffmann, R. S.; J.W. Koeppl; C.F. Nadler (1979). "The relationships of the amphiberingian marmots (Mammalia: Sciuridae)". University of Kansas Museum of Natural History, Occasional Paper 83: 1–56. 
  6. Rausch, R. L.; V.R. Rausch (March 1971). "The somatic chromosomes of some North American marmots (Sciuridae), with remarks on the relationships of Marmota broweri Hall and Gilmore". Mammalia 35: 85–101. doi:10.1515/mamm.1971.35.1.85. http://digitalcommons.unl.edu/parasitologyfacpubs/554/. Qaraldi: 25 November 2011. Alyaska sugʻuri]]
  7. 7,0 7,1 „Alaska Marmot (Marmota broweri)“. Alaska Department of Fish and Game. 2021-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
  8. Gunderson, Aren M.; Brandy K. Jacobsen; Link E. Olson (2009). "Revised Distribution of the Alaska Marmot, Marmota broweri, and Confirmation of Parapatry with Hoary Marmots". Journal of Mammalogy 90 (4): 859–869. doi:10.1644/08-mamm-a-253.1. https://archive.org/details/sim_journal-of-mammalogy_2009-08_90_4/page/859. 
  9. Youngman, P. M. (1975). "Mammals of the Yukon Territory". National Museums of Canada, Ottawa, Publications in Zoology 10: 1–192. 
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 Curby, Catherine „Marmot.Wildlife Notebook Series(On-line)“. Alaskan Department of Fish & Game. 2013-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-dekabr.
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 Rasmussen, J „Marmota Broweri (On-line)“. Animal Diversity Web. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-noyabr.
  12. Lee, T. N.; B. M. Barnes; C. L. Buck (2009). "Body Temperature Patterns during Hibernation in a Free-living Alaska marmot (Marmota broweri)". Ethology Ecology & Evolution 21 (3–4): 403–13. doi:10.1080/08927014.2009.9522495. 
  13. „North American Mammals: Marmota Broweri“. Smithsonian Institution National Museum of Natural History. 2011-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-oktyabr.
  14. „CPI Inflation Calculator“. bls.gov. 2018-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-mart.