Alyor

xalq qoʻshiqlarining bir turi

Alyor — xalq qoʻshiqlarining bir turi, oʻtmishda joʻra (ulfat)lar dav-rasida qadah tutib aytilgan. Kosagul (soqi) qoʻlida boʻza yoki may toʻddirilgan qadah tutib, davradagilarga: „Alyor boʻlsin-ay, Xoʻjam yor boʻlsin-ay, Xoʻjam bergan bu davlatga dushman zor boʻlsin-ay“,- deya murojaat qilgan. Qadahni (kosani) olgan suhbatdosh oʻz navbatida joʻraboshi xohishiga koʻra, biror qoʻshiq yoki raqs ijro etgan. Bunday paytda chil-dirma joʻrligida kuylanadigan maxsus qoʻshiqlar ham boʻlgan. Ular koʻnalar, haqqonlar va boʻzagarlar qoʻshigʻi deb ham ataladi. Boʻzagarlar qoʻshiqlari ikki band (toʻrtlik)dan iborat boʻlib, birinchi bandning birinchi misrasi qaysi soʻz bilan boshlansa, ikkinchi bandning birinchi misrasi ham oʻsha soʻz bilan boshlanishi shart. A.dan xalq dostonlarida ham keng foydalanilgan. Mas, Barchinni izlab borayotgan Hakimbek yoʻlda, qabristonda uxlab qolganida, ular ruhining aytishu-vi: „Kosa ushlab qoʻlim toldi, Biyning qizi mahtal boʻldi, Xon toʻram, sizga ne boʻldi, Oling, alyor-alyor“, buning yorqin dalilidir.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil