Alyuminiy qotishmalari
Alyuminiy qotishmalari — asosiy qismi alyuminiydan iborat qotishmalar. Alyuminiy qotishmalari alyuminiyga Si, Si, Mg, Zn, Mn, Ni, Fe, Ti va boshqa elementlarni alohida-alohida yoki maʼlum kombinatsiyada qoʻshib suyuqlantirish yoʻli bilan tayyorlanadi. Alyuminiy qotishmalari ga legirlovchi elementlar sifatida Ni, Cr, Sa va boshqa, qotishma xossalarini yaxshilaydigan elementlar sifatida esa oz miqdorda Na, Be, Ti, Ce, Nb ham qoʻshiladi. Bu elementlar fizik, kimyoviy va mexanik xossalari xilma-xil Alyuminiy qotishmalari hosil qilishga imkon beradi. Alyuminiy qotishmalari yengil boʻlishi bilan birga ancha puxta ham-dir. Alyuminiy qotishmalari deformatsiyalanadigan va qu-yiladigan qotishmalar guruhlariga boʻlinadi. Deformatsiyalanadigan Alyuminiy qotishmalari har xil yarim fabrikatlar va buyumlar tayyorlash, quyiladigan Alyuminiy qotishmalari esa xilma-xil detallar quyishda qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |