Amaliy geografiya — hozirgi zamon geografik tadqiqot yoʻnalishlaridan biri. A.g. hududlar tabiiy sharoitlarini har xil amaliy maqsadlarda — yerdan qishloq xoʻjaligida foydalanish, yoʻl, shahar va sanoat inshootlari qurish odamlarning turmush sharoitlari va sogʻligʻiga mos kelish-kelmasligi nuqtai nazaridan oʻrganadi. A.g. tadqiqotlari uch asosiy yoʻnalishda: agrogeografik, muhandislik-geografik va tibbiy-geografik yoʻnalishlarda olib boriladi. Agrogeografik tadqiqotlar yerlarni sugʻorish yoki quritish, yaylov chorvachi-ligi, bahorikor dehqonchilik, tuproqni zararli tabiiy jarayonlar taʼsiridan, suv va shamol eroziyasidan saqlash kabi masalalarni oʻrganadi. Tuproqlari, r-lefi, iqlimi, oʻsimliklari va yogʻin miqdori kabi xususiyatlariga koʻra muhim boʻlgan joylar maxsus haritalarda alohida ajratib koʻrsatiladi. Agro-geografik tadqiqotlar Oʻzbekistonda — Makroiqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar instituti, Seysmologiya instituti tarkibidagi Geografiya ilmiy tadqiqot boʻlimi, xu-susan, Toshkent, Samarqand, Fargʻona universitetlarining geografiya fakultetlarida olib boriladi. Muhandislik-geografik tadqiqotlar hududlarning tabiiy sharoitlariga har xil muhandislik inshootlari ni joylashtirish imkonini oʻrganadi. Oʻzbekistonda yoʻl, kanal, shaharlar, sanoat binolarini qurishda, yerning qiyaligi va relefning notekisligi, lyoss gruniversitetlarning choʻkish ehtimoli, qum koʻchishlari va tez-tez boʻlib turadigan kuchli shamollar hisobga olinadi. Bunda geograf tabiat hodisalari ora-sidagi bogʻlanishlar va qonuniyatlarni aniqlaydi. Chunonchi, Oʻzbekistonning janubidagi qurgʻoqchil hududlarida lyoss koʻp qavatli uylar, zavod va boshqa inshootlar uchun mustahkam zamin boʻla oladi. Le-kin respublikaning sernam togʻ oldi rayonlarida lyoss mustahkam emas, tez choʻkadi, natijada inshootlar deformasiyaga uchraydi. Qizilqumda yoʻl qurish loyihalari tuzishda shamollar rejimini, qum harakatining tezligini va qum relefi shakllarini, qum koʻchishiga yoʻl bermaydigan oʻsimlik turlarini bilish shart. Agar qurilish oldidan mutaxas-sis bunday maʼlumotlarga ega boʻlmasa, u holda yoʻl qum keltiruvchi shamollar zonasiga tushib, tez-tez qum bosib qolishi mumkin. Tibbiy-geografik tadqiqotlar, ayniqsa, yangidan oʻzlashtirilayotgan yerlarning tibbiy-geografik basho-rat haritasini tuzish muammolari bilan shugʻullanadi. Geografik tadqiqotning bu sohasi mahalliy geografik sha-roit bilan bogʻliq vabo, tulyaremiya, en-sefalit, buqoq kasalliklarining tarqalish qonuniyatlarini oʻrganishda muvaffaqiyatlarga erishdi. Potihkamol Gʻulomov.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil