Amaury Bischoff (futbolchi)
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Amaury Armindo Bischoff (talaffuzi: Amauri Bishoff; 1987-yil 31-martda tugʻilgan) — fransuz-portugaliyalik professional futbolchi, Fransiyaning SR Kolmar klubida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Amaury Armindo Bischoff | ||
Tavallud sanasi | 31-mart 1987-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Colmar, Fransiya[1] | ||
Boʻyi | 1.77 m[1] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Colmar | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Colmar | |||
2004—2005 | Strasbourg | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005—2008 | Werder Bremen II | 62 | (6) |
2006—2008 | Werder Bremen | 0 | (0) |
2008—2009 | Arsenal | 1 | (0) |
2009—2011 | Académica | 10 | (0) |
2010 | → Aves (loan) | 10 | (1) |
2011—2012 | Aves | 20 | (1) |
2012—2017 | Preußen Münster | 142 | (30) |
2017—2019 | Hansa Rostock | 51 | (2) |
2019—2021 | Bahlinger SC | 29 | (3) |
2021- | Colmar | 12 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
Fransiya U18 | |||
2009 | Portugaliya U21 | 1 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (26-aprel uchun) |
„Verder“da futbolchiliknig boshlaganidan soʻng faoliyatining koʻp qismini Germaniyada, asosan Preußen Münsterda oʻtkazdi. Shuningdek, Angliyada, „Arsenal“ da bir yil oʻynadi.
Klublardagi faoliyati
tahrirIlk faoliyat yillari
tahrirHaut-Rhinning Kolmar shahrida tugʻilgan Amauryning otasi fransuz va onasi portugaliyalik[2][3]. 18 yoshida Germaniyaga koʻchib oʻtdi va Bremenning „Verder“ klubi bilan shartnoma imzoladi, faoliyatining koʻp qismini zaxirada oʻtkazdi, lekin asosiy tarkib bilan bir necha bor mashgʻulot oʻtkazdi[4].
2007-yil 14-martda Bishoff „Verder“ning asosiy jamoasida debyut qildi. Oʻsha mavsumda UEFA kubogi uchun „Celta“ ga qarshi oʻyinning 74-daqiqasida Diego oʻrniga oʻrinbosar sifatida maydonga tushgandi (umumiy hisobda 3:0). Bu uning klubdagi yagona rasmiy oʻyini boʻldi.[5]
Arsenal
tahrirBishoff 2008-yilning 1-iyulida shartnomani uzaytirishni rad etganidan soʻng „Verder“ni tark etdi. Koʻp oʻtmay, "Arsenal"ga oʻtishi yaqin ekanini aytgan bayonot berdi[6][7]; keyin 30-iyul kuni tasdiqlandi[8].
Bishoff „Arsenal“dagi debyutini 2008-yil 6-oktyabrda „Stoke City“ga qarshi oʻtkazdi[9]. Ichki kubokda yana ikkita oʻyin oʻtkazdi, ikkalasida ham oʻrinbosar sifatida maydonga tushgandi.
2009-yil 2-may kuni Bishoff oʻzining Premyer-ligadagi birinchi va yagona oʻyinini oʻtkazdi. Jamoaning Portsmutga qarshi safardagi 3:0 hisobidagi gʻalabali oʻyining 64-daqiqasida Theo Walcottning oʻrniga maydonga tushdi[10]. Shartnomasi 30-iyun kuni yakuniga yetganidan soʻng, uni „kanonirlar“ qoʻyib yuborishdi, chunki asosiy tarkibga kira olmadi[11].
Portugaliya
tahrir2009-yil 26-avgustda Bischoff Portugaliyadagi Académica bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[12]. Primeira Ligadagi debyutini 2-oktyabr kuni oʻz uyida Maritimoga qarshi oʻyinda (2:4) oʻtkazdi[13].
2011-yil 30-iyunda shartnomani uzaytirish boʻyicha barcha takliflarni rad etgandan soʻng, Bischoff Coimbrani tark etdi. Koʻp oʻtmay, „Aves“ klubiga qoʻshildi[14].
Preußen Münster
tahrirBischoff 2012-yilning yozida Germaniyaga qaytib keldi va bir necha mavsumni Preußen Myunster bilan 3. Ligada oʻtkazdi va sardor boʻldi[15][16].
Hansa Rostok
tahrir2017-yil 21-yanvarda Bischoff Germaniya ikkinchi divizioni vakili Hansa Rostok bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi[17]. 2019-yil iyun oyida klubni tark etishi eʼlon qilindi[18].
Keyingi faoliyati
tahrirBishoff 2019-yil 5-avgust kuni Sudwest Regionalligasining Bahlinger SC jamoasiga ikki yillik shartnoma asosida qoʻshildi[19].
Xalqaro faoliyati
tahrirBischoff fransiyani 18 yoshgacha boʻlganlar darajasida himoya qildi. Biroq, 2007-yil 14-mayda Portugaliya terma jamoasida oʻynashni tanladi.
Faoliyat statistikasi
tahrirKlublarda
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubok | Liga kubogi | Yevropa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Werder Bremen II | 2005—2006 | Regionalliga Nord | 34 | 4 | — | — | — | 34 | 4 | |||
2006—2007 | 27 | 2 | — | — | — | 27 | 2 | |||||
2007—2008 | 1 | 0 | — | — | — | 1 | 0 | |||||
Jami | 62 | 6 | — | — | — | 62 | 6 | |||||
Werder Bremen | 2006—2007 | Bundesliga | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 1 | 0 | 1 | 0 | |
Arsenal | 2008—2009 | Premier League | 1 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 |
Aves | 2009—2010 | Segunda Liga | 10 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 10 | 1 | |
Académica | 2009—2010 | Primeira Liga | 1 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | — | 4 | 0 | |
2010—2011 | 9 | 0 | 5 | 2 | 1 | 0 | — | 15 | 2 | |||
Jami | 10 | 0 | 5 | 2 | 4 | 0 | 0 | 0 | 19 | 2 | ||
Aves | 2011—2012 | Segunda Liga | 20 | 1 | 3 | 1 | 0 | 0 | — | 23 | 2 | |
Preußen Münster | 2012—2013 | 3. Liga | 34 | 10 | 2 | 0 | — | — | 36 | 10 | ||
2013—2014 | 29 | 3 | 1 | 0 | — | — | 29 | 3 | ||||
2014—2015 | 34 | 10 | 0 | 0 | — | — | 34 | 10 | ||||
2015—2016 | 32 | 4 | — | — | — | 32 | 4 | |||||
2016—2017 | 13 | 3 | — | — | — | 13 | 3 | |||||
Jami | 142 | 30 | 3 | 0 | — | 0 | 0 | 145 | 30 | |||
Hansa Rostock | 2016—2017 | 3. Liga | 14 | 1 | 0 | 0 | — | — | 14 | 1 | ||
2017—2018 | 23 | 1 | 1 | 0 | — | — | 24 | 1 | ||||
2018—2019 | 14 | 0 | 0 | 0 | — | — | 14 | 0 | ||||
Jami | 51 | 2 | 1 | 0 | — | 0 | 0 | 52 | 2 | |||
Jami | 296 | 40 | 13 | 3 | 6 | 0 | 1 | 0 | 316 | 43 |
Terma jamoada
tahrirYil | Terma jamoa | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
2009 | Portugaliya U21 | 1 | 1 |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „A. Bischoff“ (portugalcha). Mais Futebol. Qaraldi: 23-mart 2020-yil.
- ↑ „O Zé-ninguém“ (portugalcha). Record (1-avgust 2008-yil). Qaraldi: 16-iyun 2016-yil.
- ↑ Prieur, Amaury. „Envoûté par l'Allemagne“ (fransuzcha). Les Dernières Nouvelles d'Alsace (31-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 16-iyun 2016-yil.
- ↑ Schulz, Thomas. „Der Gegner: Werder Bremen II – Müssen die Amateure gegen die Bayern helfen?“ (olmoncha). Westdeutsche Zeitung (16-avgust 2007-yil). Qaraldi: 3-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Bremen point way to quarter-finals“. UEFA (14-mart 2007-yil). Qaraldi: 16-iyun 2016-yil.
- ↑ Lawless, Matt. „Amaury transfer to Arsenal 'imminent'“. The Daily Telegraph (1-iyul 2008-yil). 3-iyul 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2008-yil.
- ↑ „Bischoff set for Gunners“. Sky Sports (1-iyul 2008-yil). Qaraldi: 1-iyul 2008-yil.
- ↑ „Portuguese midfielder Amaury Bischoff joins Arsenal“. Arsenal F.C (30-iyul 2008-yil). 2008-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-sentabr 2008-yil.
- ↑ „Arsenal 3–2 Stoke City match report“. Arsenal F.C (6-oktabr 2008-yil). 2008-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-oktabr 2008-yil.
- ↑ Ornstein. „Portsmouth 0–3 Arsenal“. BBC Sport (2-may 2009-yil). Qaraldi: 7-avgust 2018-yil.
- ↑ „Bischoff released by Arsenal“. Sky Sports (30-iyun 2009-yil). Qaraldi: 7-avgust 2018-yil.
- ↑ Frederico. „Académica: Amaury Bischoff assina por duas épocas“ (portugalcha). Mais Futebol (26-avgust 2009-yil). 2009-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-avgust 2009-yil.
- ↑ „O buraco da Académica está cada vez mais fundo“ (portugalcha). Público (2-oktabr 2009-yil). Qaraldi: 7-sentabr 2017-yil.
- ↑ „Amaury Bischoff encerra plantel“ (portugalcha). Record (30-avgust 2011-yil). 14-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2016-yil.
- ↑ „Amaury Bischoff verlängert beim SC Preußen Münster“ (olmoncha). Westline (27-yanvar 2015-yil). 2018-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2016-yil.
- ↑ „Amaury Bischoff est le capitaine“ (olmoncha). SC Preußen Münster (21-iyul 2015-yil). 2018-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2016-yil.
- ↑ „Spielmacher Bischoff wechselt nach Rostock“ (olmoncha). Norddeutscher Rundfunk (21-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 7-sentabr 2017-yil.
- ↑ „Bischoff und Wannenwetsch verlassen Hansa“ (olmoncha). Kicker (1-iyun 2019-yil). Qaraldi: 1-iyun 2019-yil.
- ↑ „Amaury Bischoff wechselt von Hansa Rostock zum Bahlinger SC“ (olmoncha). Bahlinger SC (5-avgust 2019-yil). Qaraldi: 3-dekabr 2021-yil.
- ↑ „A. Bischoff“. Soccerway. Qaraldi: 10-iyul 2014-yil.
- ↑ „Amaury Bischoff“. Worldfootball. Qaraldi: 3-avgust 2017-yil.