Ambistomasimonlar
Ambistomasimonlar (Ambysto-mafi dae) — dumli amfibiyalar oilasi. 35 turi bor. Shimoliy Ameri-kada tarqalgan. Faqat 1 turi Tailand va Dirma togʻlarida uchraydi. A.ning boʻyi 30 sm cha, salamandraga oʻxshaydi. Suvga yaqin zax joylarda yashaydi, lekin tuxumini bahorda suvga qoʻyadi. A. tu-xumi urgʻochisining jinsiy yoʻllarida urugʻlanadi. Marmar A. esa tuxumini quruklikka qoʻyadi, urgʻochisi tuxumini itbaliq chiqquncha kulcha boʻlib oʻrab yotadi. Tuxumdan chiqqan itbaliqpar yomgʻir bilan suv havzasiga oqib boradi. Bir necha oydan keyin metamorfozga uchrab yosh A.ga aylanadi va quruqlikka chiqadi. A. umurtkasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Keng tarqalgan yoʻlbars A. (Ambystoma tigranum)ning uz. 28 sm ga yetadi. Yoʻlbars A. lichinkasi metamorfoz layokatini yoʻqotgan, itbaliqlik davrida balogʻatga yetadi va kupaya oladi. Uning bu neotenik itbaligʻi aksolotl (suv oʻyinchogʻi) dey-iladi. Boshqa A. ham neoteniya xususiya-tiga ega. A.ning 5 turi va kenja turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |