Amerika laylagi
Amerika laylagi[1] (lotincha: Ciconia maguari ) — laylaklar oilasiga mansub Janubiy Amerika qushi. Laylaklarning yirik turi boʻlib, Janubiy Amerikaning koʻp qismida mavsumiy botqoqliklarda yashaydi. Tashqi koʻrinishida oq laylakka juda oʻxshaydi lekin biroz kattaroq[2].
Amerika laylagi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Qushlar |
Turkum: | Laylakdoshlar |
Oila: | Laylaklar |
Turlari: | Amerika laylagi |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Ciconia maguari (Gmelin, 1789) | |
Tavsif
tahrirAmerika laylagining uzunligi 90 sm, qanotlari uzunligi 120 sm va vazni 3,5 kg ga yetadi. Asosan oq rangda boʻlib, dum patlari qora rangda. U xuddi shunaqa koʻrinishdagi oq laylakdan qora vilka shaklidagi dumi, koʻk-kulrang tumshugʻi (katta qushlarda), koʻz atrofidagi terining qizgʻish-toʻq sariq dogʻi va oq irisi bilan ajralib turadi. Ushbu qushlar tutqinlikda (qoʻriqxona yoki hayvonot bogʻida) 20 yildan ortiq yashaydi.
Tarqalish
tahrirAmerika laylagi Janubiy Amerikada, And togʻlarining sharqida, Venesueladan Argentinagacha boʻlgan nam joylarda va qishloq xoʻjaligi yerlarida yashaydi.
Oziqlanish
tahrirAmerika laylagi baliq, qurbaqa, kerevit, mayda kemiruvchilar, ilonlar, suv hasharotlari va boshqa umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi.
Koʻpayish
tahrirErkak qush 3 yoshda, urgʻochi qush esa 4 yoshda jinsiy yetuklikka erishadi. Qushlar 60 sm masofada 5 tadan 15 tagacha boʻlgan koloniyalarda uyalar quradilar. Uya 1 m dan 6 m gacha balandlikdagi butalar, kichik daraxtlar ustida yoki zich oʻsimliklar ustida joylashadi. Uyalar doimo suv bilan oʻralgan. 2 tadan 3 tagacha tuxum qoʻyishadi. Joʻjalarning tuxumdan chiqishi 29 dan 32 kungacha davom etadi. Joʻjalar oq rangda tugʻiladi, keyin ularning patlari qorayadi va 3 oydan keyin ular ota-onalariga oʻxshash boʻladi.
Fotosurat
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Бёме Р. Л., Флинт В. Е. Пятиязычный словарь названий животных. Птицы. Латинский, русский, английский, немецкий, французский / Под общ. ред. акад. В. Е. Соколова. — М.: Русский язык, РУССО, 1994. — С. 26. — 2030 экз. — ISBN 5-200-00643-0.
- ↑ King CE. 1988. An ethological comparison of three storks: Ciconia boyciana, C. ciconia, and C. maguari. MS Thesis, Oklahoma State University, Stillwater, Oklahoma.
Adabiyotlar
tahrir- Hancock & Kushan, Storks, Ibises and Spoonbills of the World. Princeton University Press (1992). ISBN 978-0-12-322730-0