Amerikacha qurilma
Amerikacha qurilma — oʻrta va kichik oʻlchamli teleskoplarni oʻrnatishda qoʻllaniladigan qurilma. 19-asrda ixtiro etilgan. Teleskopning pastki qismi A q. qutb oʻqining ayrisimon uchi ichiga ki-rib turadi. Amerikacha qurilma yordamida oʻrnatilgan teleskop vositasida osmonning istal-gan nuqgasidagi kosmik jismni kuzatish mumkin. Amerikacha qurilmaning boshqa (nemischa va in-glizcha) turdagi qurilmalardan afzalli-gi: bu kurilmada teleskop trubalarini muvozanatda saqlab turadigan ogʻir po-sangi toshning boʻlmasligidadir. Aqli birinchi teleskop AQShdagi Maung Vil-son rasadxonasiga oʻrnatilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |