Amfetamin – markaziy asab tizimining stimulyatori sifatida ishlatiladigan oq kristalli kukun. U hidsiz va ozgina achchiq taʼmga ega. Ushbu modda bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan va shunga oʻxshash taʼsirga ega boʻlgan har qanday dori vositalari, masalan, metamfetamin va dekstroamfetamin bular ham amfetamin unumlaridir.

Strukturaviy ravishda simpatomimetik amin hisoblanadi, psixostimulyator hisoblangan va narkolepsiya davolash uchun Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan kimyoviy birikma; birinchi navbatda presinaptik neyronlardan norepinefrin, dofamin va serotoninning chiqarilishini qoʻzgʻatish orqali harakat qiladi. Koʻp miqdorda isteʼmol qilish tolerantlik chaqiradi. Semizlikda ishlatiladi: adrenergik neyron presinaptik membranasida joylashgan NET ni bloklaydi va NE miqdorini sinaps boʻshligʻida oshiradi. NE ishtaxa markazini bloklaydi[1].

Manbalar

tahrir