Amfimiksis
Amfimiksis (yunoncha: amphi – atrofi, yoni va mixis – aralashish) – oʻsimlik va hayvonlarning jinsiy koʻpayish usuli, ota va ona gametalarining qoʻshilishi orqali yangi organizm hosil boʻlishi. Amfimiksisning jinsiy koʻpayishdagi shakllari xilma-xil boʻlishi mumkin. Masalan, tuban oʻsimliklarda amfimiksisning izogeterogamiya shakllari mavjud. Amfimiksis gulli oʻsimliklarda qoʻsh urugʻlanish shaklida sodir boʻladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |