Amfiteatr (yun. amphitheatron – ikki tomonlama tomosha) – 1) qadimgi Yunon va Rimda ommaviy tomoshalar, teatr spektakllari koʻrsatiladigan mahobatli bino. Amfiteatr – oʻrtasidagi maydoni ellips shaklidagi ulkan inshoot; uning tomoshabinlar uchun moʻljallangan qator-qator oʻrindiqlari pastdan yuqoriga zina shaklida koʻtarilib boradi. Amfiteatrda arklar, ustunlar va ular orasida gumbazli galereyalar boʻlgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil