Amfiumalar (Amphiumidae) – dumli amfibiyalar turkumining oilasi. Ikki turi bor. Ular AQShning sharqiy qismida tarqalgan. Tanasi 1 m atrofida. Oyoklari va undagi 2-3 ta barmoqlari yaxshi rivojlanmagan. Kichkina koʻzlari yupqa teri ostida. 4 juft ichki jabrasi va jabra yoriklari umrbod saqlanib qolgan, umuman chala itbaliq holida boʻladi. Ikki turi – ugorsimon amfiumalar (A. means) va uch barmoqli amfiumalar (A. tridactyla) sholipoya va koʻlmak suvlarda balchiqqa koʻmilib yoki botqoq yerlardagi uyasida yashaydi. Amfiumalar – tungi hayvon. Turli umurtqasizlar, mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Yozning oxirida 40-150 tacha tuxum qoʻyadi. Itbaligʻi noyabrda tuxumdan chiqadi. Lichinkasi 4 yoshida jinsiy voyaga yetadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil