Amida (ibr. “Tik turmoq”) - yahudiylikda ibodatlarning asosiy qismi bo‘lib, doim tik holatda amalga oshiriladi. Talmudda odatda ibodat deb yuritiladi.TaNaXning bir necha o‘rinlarida ibodat qilishga amrlar uchraydi.Biroq, qadimda yahudiylikda ibodatlar tizimlashtirilgan, qonuniylashtirilgan matnlar mavjud emas edi. Ibodatlarning asosiy qismi qurbonlik keltirish orqali bo‘lgan. Bobil asirligi (mil. avv. VI asr)dan so‘nggina kunning asosiy ibodati qay tarzda va qachon amalga oshirilishi belgilab quyildi. Talmudda qayd qilinishicha, amida ibodatining matni ilk bor “Buyuk yig‘ilish” (mil. avv.U-Sh asrlarda faoliyat olib borgan yahudiylikdagi diniy-qonunchilik majlisi)da formulirovkasi shakllantirilgan. Ikkinchi Ibodatxonaning vayron qilinishiga qadar (70 yil) ibodat belgilab qo‘yilgan matnga ega emas edi, faqatgina umumiy strukturasi ishlab chiqilgan edi.Ibodatlar Xudoga hamd aytish bilan boshlanib, yakunda shukrona so‘zlar bilan tugaganini ko‘rish mumkin.Tannaylar davriga qadar mazkur tarzda, qolaversa, yozma matn orqali ibodat qilish ta’qiqlangan.Biroq, Ibodatxonananing vayron etilishi natijasida ibodatxona xizmatini qilish to‘xtagach, ushbu ibodatning ahamiyati ortib bordi.Shundan kelib chiqqan holda, Amida, qaysidur ma’noda, Ibodatxonada amalga oshirilgan qurbonlikning o‘rnini bosuvchi sifatida qabul qilindi. Shu sababli, milodning II asrida nasi Gamlieyele II davriga kelib, jamoaviy va yakka tartibdagi ibodatlarning matnini yozishga qaror qilindi. Yuqorida qayd qilinganidek, amidani o‘qishqurbonlikning o‘rnini anglatgani sababli, kun davomida uni uch marotaba - tonggi (shaxarit), kunduzgi (minxa) va kechki (maariv) ibodat vaqtida o‘qilishi belgilab quyilgan. Shanba, rosh-xodesh hamda bayram kunlari “musaf” deb nomlangan to‘rtinchi o‘qish, Iom-Kipurda esa, “neila” nomli beshinchisi ham qo‘shilgan.Mazkur ibodatlarni amalga oshirish vaqti Ibodatxonada keltirilgan qurbonlik vaqtlariga moslangan.Tonggi ibodat quyosh chiqishidan boshlab, kunning uchdan bir qismi tugagunicha, kunduzgi ibodat - kunning ikkinchi yarmida, kechki ibodat esa, tun davomida o‘qishlikka ruxsat beriladi. Musaf kun davomida tonggi va kunduzgi ibodatlar orasida o‘qiladi. Ushbu belgilangan vaqtlardan tashqari ham Amida ibodatini kunning istalgan vaqtida o‘qishlik mumkin. Amida ibodati yakka holatda ham, sinagogada jamoaviy holatida ham amalga oshirilishi mumkin.Amida jamoaviy tarzda amalga oshirilganda boshlanishida har bir ibodat qilayotgan kishi maxfiy tarzda, so‘ng ibodatni boshqaradigan (xazzon) baland ovozda o‘qiladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 31.

Adabiyotlar

tahrir
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.