Amidlanish – karboksil guruhiga kiradigan gidroksili (-ON)ning amin (-NH2) guruhiga almashinishi yoʻli bilan kislotalarning amidlari hosil boʻlishi reaksiyasi. Hayvonlar va odam toʻqimalarida ammiakni zararsizlantirishning asosiy yoʻli sifatida fiziologik nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega. Hayvon organizmida glutamat kislota bilan asparagat kislotaning amidlanib, glutamin va asparagin hosil boʻlishi koʻproqahamiyatli. Amidlanish murakkab fermentativ jarayon boʻlib, unda adenozinfosfat kislotalar energiyasidan foydalanadi. Atsidoz holatlarida moddalar almashinuvidan hosil boʻladigan kislotali moddalar glutaminaza fermentining taʼsirida glutamindan ammiak ajralib chiqishi tufayli buyrakda neytrallanadi. U organizmda kationlarni asrab qoladigan va shu tariqa qonning ishqor rezervini kamaytirmaydigan himoya mexanizmlaridan biridir.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil