Amigdalin, – glyukozidlar sinfiga mansub tabiiy organik birikma. Achchiq bodomda (2,5- 3,5%), shaftoli (2-3%), olxoʻri (1- 1,8%), olcha (0,8%) danagida, olma, nok urugʻida va boshqalarda boʻladi. Amigdalin – yaltiroq plastinkasimon modda. Suyuklashish temperaturasi 215°, suvda va qizdirilgan spirtda yaxshi eriydi. Amigdalinning kislotalar hamda achchiq bodom mevasining suvdagi ekstraktida boʻladigan emulsin fermenti taʼsirida gidrolizlanishi natijasida D-glyukoza, benzaldegid va sianid kislota hosil boʻladi. Amigdalin odam ichagida fermentlar va bakteriyalar taʼsirida parchalanib, sianid kislotaga aylanadi va organizmning zaharlanishiga olib keladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil