Amilenlar, pentenlar – oltita izomeri boʻlgan olefinlar qatorining toʻyinmagan uglevodorodlari. Oddiy sharoitda ularning hammasi suyuqlikdir. Amilenlar alyuminiy xlorid taʼsirida polimerlanadi. Sulfit angidrid (SO2) ishtirokida rezinasimon holga keladi. Amilen polimerlari texnikada koʻp ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil