Amimiya
Amimiya (yun. „a“ – inkor qoʻshimchasi, „mimos“ – taqlidchi) – istara sovuqligi, yuz ifodasining yoʻqolishi; bunda yuzning sogʻlom kishilarga xos imo-ishorasi bemorlarda butunlay yoʻqolib qoladi. Ularning yuz qiyofasi ichki hissiyotlar (sevinch, quvonch, qoʻrqinch, hayajon va hokazo)ni ifoda etmay, doim birdek, qotib qolgandek, niqob koʻrinishida boʻladi. Amimiya shizofreniya, tushkunlik holati, kuchli taʼsir qiluvchi dorilarni suiisteʼmol qilish va boshqa oqibatida yuzaga keladi. Amimiya rivojlanuvchi falajlik hamda miya toʻqimalari yalligʻlanishi (ensefalit)ning asosiy belgilaridan biridir.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |