Amin Tojiyev
Amin Hamrayevich Tojiev — qoraqalpoq davlat arbobi. 1989-yil iyuldan 1992-yil yanvargacha Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi.
Amin Tojiyev | |
---|---|
Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi | |
Mansab davri 1989-yil iyul – 1992-yil yanvar | |
Oʻtmishdoshi | Sagindik Niyetullayev |
Vorisi | Rajabboy Yoʻldoshev |
Mukofotlari |
Tarjimai hol
tahrirAmin Xamrayevich 1983-yil 23-martda qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinlangan.
1989-yil iyuldan 1992-yil yanvargacha Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining 10-sessiyasida „boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan“ egallab turgan lavozimidan ozod etilgan[1].
2006-yil 6-apreldan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, muvofiqlashtiruvchi qoʻmita aʼzosi[2].
Amin Tojiyev „Qoraqalpogʻistondagi Amudaryo deltasida toʻqay oʻrmonlarini saqlash va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini mustahkamlash“ loyihasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita birinchi yigʻilishida ishtirok etgan.
Oilasi
tahrirOʻgʻli — Tojiev Erkin Aminovich 2022-yil 22-iyuldan Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori. Tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati prokurori vazifasida ishlagan.
Mukofotlar
tahrir- " El-yurt hurmati " ordeni (28.08.2020)[3]
Manbalar
tahrir- ↑ „ТАДЖИЕВ (ТОЖИЕВ) Амин Хамраевич | TsentrAziya“. centrasia.org. 2021-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-aprel.
- ↑ minutes_6 Apr 2006.pdf „PB minutes_6 Apr 2006.pdf - UNDP“. info.undp.org.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „УП-6055-сон 28.08.2020. О награждении в связи с двадцатидевятилетием независимости Республики Узбекистан группы государственных служащих и работников производственной и социально-экономической сфер“. lex.uz. 2021-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-aprel.