Aminjon madrasasi Jonquvvat guzarida joylashgan bo‘lib, 2 hujrasi bor kichkina madrasa bo‘lgan. Bu guzar ilmiy adabiyotlarda Jonqubod shaklida ham berilgan.

Aminjon madrasasi
Joylashuv Buxoro
Turi madrasa
Xarita

Tarixi

tahrir

Mudarris maoshiga qaraganda, hujralar soni ham Sadri Ziyo ko‘rsatganidan ortiqroq bo‘lgan. Qozikalon mulla Abdushukur arznomasida madrasa sohibi tarixini bir oz yoritadigan ma'lumotlar ham topilgan: “Bandaparvar sohibimiz, Fathullo qushbegi madrasasining 7 nafar mudarrisidan biri mulla Muhammad Yunus oliy marhamatingiz ila Mirzo Badi' devon madrasasiga yuborilgan edi. Uning o‘rni bo‘sh qoldi. Duogo‘y g‘ulomingiz qori Solih ulamolar yasavuli hamrohligida bu joyga munosib ilm tolibini qo‘yishga taraddud qildik. Olampanohimiz, Sayyid Aminboy karvonboshi madrasasi mudarrisi mulla Muhammad Husayn bu o‘ringa loyiqdir. Maoshi 12 tilla. Mulla Muhammad Yunus ismli bir erkak ilm tolibi mazkur madrasa mudarrisining bo‘sh qolgan o‘rniga o‘tish uchun oliy marhamatingizdan umidvordir. Maoshi 32 tilla. Bu duogo‘y va rizojo‘y banda sohib ixtiyor hazrat mavlomizning, ilohim, hamisha salomat bo‘lishini tilab duo qiladi”. Ushbu hujjatdan anglashilishicha, madrasa sohibi tijorat bilan shug‘ullangan va karvonboshilik qilgan. Qozikalon mulla Mir Badriddinning ikkita arznomasida esa mazkur madrasa mudarrisi maoshi 15 tilla ekani ta'kidlanadi. Uning boshqa arznomasida mudarris haqi 12 tilla deb ko‘rsatilgan. Bu o‘zgarishlar, ehtimol, biror moliyaviy tadbirlar bilan bog‘liqdir. Bunday o‘zgarishlar boshqa madrasalar faoliyatida ham unchalik ko‘p kuzatilmaydi.

Manbalar

tahrir