Aminokislotalar — molekulasida amin va karboksil guruhi boʻlgan organik birikmalar, oʻsimlik hamda hayvon oqsilining asosiy elementi hisoblanadi. A- rangsiz, suvda eruvchan kristall moddalar. 200 ta tabiiy Aminokislotalar ma'lum. Lekin oqsillar tarkibida faqat 20 Aminokislotalar va ularning 2 ta amidi uchraydi. Qolganlari oqsillar tarkibiga kirmaydi. Aminokislotalarning D-yoki L-qatorga tegishligini N va NH2 guruhning uglerod atomida qanday joylashganligi koʻrsatadi. Deyarli barcha tabiiy A L-qatoriga kiradi. D-qatorga mansub Aminokislotalar tabiatda kamdan-kam boʻlib, mikroorganizmlar tarkibida topilgan. Aning L-formasi oʻsimliklar tomonidan yaxshi oʻzlashtiriladi va u moddalar almashinuvining barcha jarayonlarida qatnashadi, lekin D-formalarini oʻsimliklar oʻzlashtira olmaydi, baʼzan ular moddalar almashinuvi jarayonlarini toʻxtatib qoʻyadi. Bu organizmning fermentativ sistemasi Aminokislotalarning L-qatoriga moslashganligidan darak beradi. Aminokislotalar organizmda erkin holda va oqsillar yoki boshqa birikmalar tarkibida uchraydi. Oqsillar sintezi uchun a formali 20 Aminokislotalar- proteinogen Aminokislotalar (lizin, gistidin, arginin, aspartat kislota, asparagin, treonin, serin, glutamat kislota, glutamin, prolin, glitsin, alanin, sistein, izoleysin, leysin, metionin, valin, tirozin, fenilalanin va triptofan)dan foydalaniladi. Oqsillar tarkibida uchraydigan Aminokislotalar esa ularning fermentativ oʻzgarishi natijasida hosil boʻladi. Ayrim Aminokislotalar hayvon va odam organizmidan sintezlanmaydi. Bu almashinmaydigan aminokislotalardir. Odam organizmi uchun 8 (triptofan, fenilalanin, metio-nin, lizin, valin, treonin, izoleysin va leysin) almashinmaydigan A bor. Oʻsimliklar oʻzi uchun zarur boʻlgan barcha azotli birikmalarni sintezlash qobiliyatiga ega. Aminokislotalar sintezi jarayonida ammiakli azot organik birikmalarga aylanadi. Oʻsimliklarda hosil boʻlgan Aminokislotalar uzluksiz almashinib turadi. Ular asosan, oqsillar sintezi uchun sarfla-nadi, shuningdek, dekarboksillanishi, azot asoslari va boshqa birikmalar sintezi uchun ishlatilishi, aminogruppani ajratib yuborishi, toʻliq oksidlanishi va organizm uchun energiya manbai boʻlib xizmat qilishi mumkin. Koʻpchilik Aminokislotalar tibbiyotda, chorvachilikda, shuningdek oziq-ovqat va mikrobiologiya sanoatida qoʻllanadi. Hozir Aminokislotalardan oʻgʻit sifatida ham foydalanilmoqda.[1]

Aminokislotalar

Aminokislotalar — molekulasida amin (~NH2) va karboksil (-SOON) guruhlari bor organikalik qoʻshlishlar:

H2N-CH2-COOH (aminsirka kislotasi (glitsin))

Barcha oqsillarning asosiy qurish elementlari aminokislotalar ekanligi koʻpdan beri maʼlum boʻlsa ham, toʻla aminokislota tarkibi faqat XX asrning 30-yillaridagina batamom belgilanadi. Buning sababi, bir tomondan aminokislatalar hali yaxshi oʻrganilmagani, oqsil tarkibiga qaysi aminokislotalar kirganligi aniq maʼlum boʻlmaganligi boʻlsa, ikkinchidan, ularning ayrim vakillarini sifat va miqdor analizi usullari hali mukkalmal boʻlmaganligi edi. Bu muammo faqat 40-yillarning boshlarida qogʻoz xromotografiyasi usuli qoʻllanishi bilan hal qildi. Tabiatda 300 ga yaqin aminokislotalar uchraydi. Ularning yarmidan ortigʻi, umuman oqsil tarkibiga kirmaydi, qolgan yarmining koʻp qismi ham faqat ayrim organizmlarda, baʼzilari alohida peptidlar tarkibida boʻladi. Hamma organizmlarda oqsillar tarkibiga kiradigan aminokislotalar soni 20 ga teng. Ular proteinogen aminokislotalar deb ataladi. Oqsillarning biologik funksiyasi asosan aminokislotalarning oqsil molekulasidagi oʻrni, yaʼni ularning ketma-ketligi bilan aniqlanadi

Olinishi:

  • 1. Aminokislotalar oqsillarni gidrolizi natijasida olinadi.
  • 2. Galagenkislotalarga ammiak taʼsir ettirib olish mumkin.

Fizik xossalari: Aminokislotalar qattiq kristall moddalar boʻlib, suvda yaxshi eriydi. Koʻp aminokislotalar molekulalarida asimmetrik uglerod atomi boʻlganidan ular optik aktiv moddalar.

Kimyoviy xossalari: Aminokislotalar — amfoter xususiyatli moddalardir. Ular bifunksional birikmalar boʻlib, tarkibidagi aminogruppa hisobiga asoslarga xos reaksiyalarga, karboksil guruh hisobiga kislotalarga xos reaksiyalarga kirishadi.

Aminokislotalarning klassifikatsiyasi

tahrir

Kimyoviy tuzulishi boʻyicha aminokislotalar aminkarbon kislotalar boʻlib, ular tarkibida karboksil — COOH va amino — NH2 guruhlari mavjud. Amino gruppa hamda proteinogen aminokislotalarda a-uglerod atomida joylashganligidan, a-aminokislotalar qatorini tashkil qiladilar. Peptidlar va, umuman oqsil molekulalarining aminokislota tarkibi yozilganda, ularning nomi boshlangʻich uch harfdan tuzilgan qisqartmalaridan foydaniladi. Masalan: Alanin — Ala, Fenilalanin — Fen.

Nomlari va izomerlari

tahrir

Aminokislotaning oddiy vakili — aminosirka kislotasi NH2-SN2-SOON. Aminokislotalarning koʻpincha shakllanib ketgan trivialli nom bilan, masalan, aminosirka kislotasini glitsinlei nomlaydi.

Aminokislotalarning izomerlanishi uglerodning izomerlanishi bilan va amin guruhining joylashishi boʻyicha aniqlanadi. Nomlash uchun karboksil guruhi bar uglerod atomidan boshlab raqamlaydi:

 

Peptidlar va, umuman oqsil molekulalarining aminokislota tarkibi yozilganda, ularning nomi boshlangʻich uch harfdan tuzilgan qisqartmalaridan foydaniladi. Masalan: Quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin.

Glitsin Gly G Glycine Gli
Alanin Ala A Alanine Ala
Valin Val V Valine Val
Izoleytsin Ile I Isoleucine Ile
Leytsin Leu L Leucine Ley
Prolin Pro P Proline Pro
Serin Ser S Serine Ser
Treonin Thr T Threonine Tre
Tsistein Cys C Cysteine Tsis
Metionin Met M Methionine Met
Asparagin kislotasi Asp D asparDic acid Asp
Asparagin Asn N asparagiNe Asn
Glutamin kislotasi Glu E gluEtamic acid Glu
Glutamin Gln Q Q-tamine Gln
Lizin Lys K before L Liz
Arginin Arg R aRginine Arg
Gistidin His H Histidine Gis
Fenilalanin Phe F Fenylalanine Fen
Tirozin Tyr Y tYrosine Tir
Triptofan Trp W tWo rings Tri

Manbalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil