Neʼmat Aminov
Neʼmat Aminov (1937-yil 17-iyul, Buxoro viloyati, Romitan tumani — 2005) — hajvchi yozuvchi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992).
Neʼmat Aminov | |
---|---|
Tavalludi |
17-iyul 1937-yil |
Vafoti |
18-oktyabr 2005-yil (68 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Faoliyati
tahrirBuxoro pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tamomlagan (1959). Viloyat radioeshittirish qoʻmitasida muharrir va bosh muharrir (1961—1973), „Mushtum“ jurnalida masʼul kotib, bosh muharrir (1973—1995), „Sharq yulduzi“ jurnali bosh muharrir oʻrinbosari (1989—1991), respublika „Maʼnaviyat va maʼrifat“ jamoatchilik markazi rahbari (1995—1999).
Ijodi
tahrirBirinchi hajviy hikoyalar toʻplami — „Ikki pullik obroʻ“ 1966-yilda nashr etilgan. Soʻng „Qirq uchinchi pochcha“ (1970), „Labihovuz xandalari“ (1973), „Chinorlar qoʻshigʻi“ (1984), „Yelkasiz polvon“ (1986), „Oʻgʻri mushukcha“ (1987), „Qahqaha“ (1987), „Yallama-yorim“ (1988), „Cholbolaning ertaklari“ (1990) va boshqa hajviy toʻplamlari eʼlon qilingan. 1976—1983-yillarda „Yelvizak“ va „Suvarak“ qissalari asosida „Yolgʻonchi farishtalar yoxud yelvizakfeʼl va suvarakmijoz Bashirjon Zaynishev hayotidan“ hajviy romanini yaratgan.
Ijodiga xos xalqchillik „Bir asr hikoyati“ (1996) asarida namoyon boʻlgan. Asarlari bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Unvon va mukofotlari
tahrir- „Mehnat shuhrati“ ordeni (1999-yil);
- „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni (2021-yil)[1].
Manbalar
tahrir- ↑ „O‘zbek adabiyoti va san'atining marhum fidoyilari mukofotlandi“. kun.uz. Qaraldi: 6-avgust 2024-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |