Amir Hamza ibn Abdumutalib masjidi
Amir Hamza ibn Abdumutalib masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1]. Ushbu masjid Zangiota tumanining eski masjidlaridan biri hisoblanadi.
Masjid | |
Amir Hamza ibn Abdumutalib jome masjidi
Amir Hamza ibn Abdumutalib | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Zangiota |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Fayzullo domla Karimov |
Gumbazlar soni | 5 |
Gumbazlar soni | 5 |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joylashuvi va faoliyati
tahrirAmir Hamza ibn Abdumutalib jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Turkiston qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Turobobod mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Fayzullo domla Karimov boʻlib, masjidga tashrif buyuruvchilar bilan doimiy muloqotda boʻib turadi. Jome masjidga namoz oʻqish va ziyorat qilish uchun Turkiston qishloq fuqarolar yigʻini, Ittifoq mahallasiga qarashli boʻlgan barcha koʻcha va aholi yashash punktlari, shuningdek, Tarnov shaharchasining mahalliy aholisi Juma namozi, Ramazon va Qurbon hayiti hisoblangan yirik namoz ibodatini ado etish maqsadida tashrif buyurishadi. Masjidda namozxonlar uchun barcha qulayliklarga ega boʻlgan zamonaviy tahoratxona, bosh imom-xatib xona, fuqarolarni qabul qilish xonalari mavjud. Masjidga Mustaqillik koʻchasiga yaqin boʻlgan mahalla fuqarolari yigʻinida, koʻchalardan, guzarlardan, ovullardan va qishloqlardan ziyoratchilar, mehmonlar, mahalliy aholi vakillari, musofirlar tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi.
Tarixi
tahrirAmir Hamza ibn Abdumutalib jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, uning ustavi viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan. Hozirda ushbu masjid oʻz bagʻriga 3000 nafardan ziyodroq boʻlgan namozxonlarni sigʻdira oladigan zamonaviy binoga ega boʻlgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „АМИР ХАМЗА ИБН АБДУМУТАЛИБ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"АМИР ХАМЗА ИБН АБДУМУТАЛИБ" МАСЖИДИ“. statsnet.co. statsnet.co. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.