Amir Temur shoh koʻchasi (Toshkent)

(Amir Temur shohko'chasidan yoʻnaltirildi)

Amir Temur shoh koʻchasi  — Toshkent shahridagi Mirobod, Yunusobod tumanlari hududidan oʻtadi. Turkiston koʻchasi Katta Halqa yoʻlining Uch qahramon davlat avtomobil nazorati maskanigacha choʻzilgan. 2008-yil 6- mayda buyuk sarkarda Amir Temur nomi qoʻyilgan. Ungacha ushbu koʻchaning Mirobod tumanidagi qismi Movaraunnahr koʻchasi (1917-yil Duxovskiy, 1918-1993-yillarda Proletar, 1993- yil 30- iyundan Movaraunnahr koʻchasi deyilgan). Koʻcha yoʻnalishida Temiryoʻlchilar madaniyat saroyi, Mingoʻrik tarixiy yodgorligi, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining filiali, Toshkent avtomobil yoʻllar instituti , Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi, Davlat mulk qoʻmitasining Toshkent shahar boshqarmasi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari, Toshkent avtomobil yoʻllar instituti, Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi, Davlat mulk qoʻmitasining Toshkent shahar hokimliklari, Toshkent kuranti, Amir Temur xiyoboni, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Markaziy ofitserlar saroyi, Oʻzbekenergo davlat aksiyadorlik kompaniyalari, Oʻzbekiston havo yoʻllari aviakompaniyasi, Oʻzbekneft-gaz qazib chiqarish kompaniyasi, koʻp qavatli va shaxsiy turar joy binolari, umumiy ovatlanish va savdo shahobchalari joylashgan.[1]

Amir Temur shox koʻchasi

2006-yil
Umumiy maʻlumotlar

Galereya

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Toʻxliyev, Nurislom, ed (2009). "Amir Temur shohkoʻchasi". Toshkent: Ensiklopediya. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti.